| Gulomjon Inomovich Ibragimov | |
|---|---|
![]() 2018 | |
| Toshkent viloyati hokimi | |
| Mansab davri 2017-yil 30-oktabr – 2019-yil 4-iyungacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Shukrullo Boboyev |
| Vorisi | Rustam Xolmatov |
| Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari | |
| Mansab davri 2010-yil 12-iyul – 2017-yil 30-oktabrgacha | |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Ergash Shoismatov |
| Vorisi | Alisher Sultonov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1958-yil 1-iyun Toshkent viloyati Piskent tumani |
| Mukofotlari | |
Gʻulomjon Inomovich Ibragimov (1958-yil, Toshkent) — Toshkent viloyati hokimi (2017—2019), Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari (2010—2017).
Tarjimai holi
- 1985—1992-yillarda Olmaliq kimyoviy zavodida yoshlar tashkiloti kotibi, zavod direktori yordamchisi, direktor o’rinbosari, direktor lavozimlarida ishlagan.
- 1992—2004-yillarda «Olmaliq ammofos aksiyadorlik jamiyati» OAJ bosh direktori.
- 2004—2010-yillarda «Oʻzkimyosanoat» kompaniyasi boshqaruv raisi.
- 2010—2017-yillarda Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari — geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo majmuasi rahbari.
- 2017—2019-yillar Toshkent viloyati hokimi.
- 2019-yildan — Toshkent viloyatidagi "1-rezotexnika zavodi" MCHJ direktori.
Tanqid
2012-yil Islom Karimov boshchiligida oʻtkazilgan hukumat yalpi majlisida prezident Karimov amalga oshirilishi lozim boʻlgan investitsion loyihalardagi oqsoqliklarga yoʻl qoʻyilgani uchun Gʻulomjon Ibragimovni ayblab, unga dakki beradi. Xususan, u loyihalarni amalga oshirishda zarur boʻlgan chora-tadbirlarni koʻrmaganligi uchun tanqid qilinadi.
Turkumlar::
- 1-iyunda tugʻilganlar
- 1958-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Toshkent viloyatining hokimlari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
