Yettisuv viloyati Жетісу облысы | |
|---|---|
| Viloyat | |
![]() Gerb | |
| 45°01′0″N 78°22′0″E / 45.01667°N 78.36667°E | |
| Mamlakat | Qozogʻiston |
| Maʼmuriy markazi | Toldiqoʻrgʻon |
| Hukumat | |
| • Hokim | Beybit Isabayev |
| Asos solingan | 2022-yil 8-iyun |
| Maydon | 118,500 km2 (45,800 kv mi) |
| Aholisi (2021) | 650,000 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
| | |
Yattisuv viloyati (qozoqcha: Жетісу облысы, ruscha: Жетысуская область), Qozogʻiston viloyatlaridan biri. Maʼmuriy markazi Taldiqoʻrgʻan shahri. Umumiy yer maydoni 118,500 km².
Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 2022-yil 16-mart kuni viloyat tashkil etilishini eʼlon qildi. Toqayevning 2022-yil 8-iyundagi farmoni kuchga kirgandan soʻng, hudud Olmaota viloyatidan ajralib chiqqan. Viloyatning maʼmuriy markazi Taldiqoʻrgʻan, Olmaota viloyati markazi esa Qoʻnayevga koʻchirildi. 2022-yil 11-iyun kuni Beybit Isabayev viloyat hokimi etib tayinlangan. Viloyat chegaralari taxminan 1997-yilda tugatilgan va Olmaota viloyati bilan birlashtirilgan eski Toldiqoʻrgʻon viloyatiga toʻgʻri keladi.
Maʼmuriy boʻlinishi

Viloyat tarkibiga 8 ta tuman va 2 ta viloyatga boʻysunuvchi shahar kiradi:
- Oqsuv tumani – Jansugurov qishlogʻi;
- Alakoʻl tumani – Usharal shahri;
- Yeskeldi tumani – Qorabuloq qishlogʻi;
- Qoratol tumani – Uchtepa shahri;
- Kerbuloq tumani – Sarioʻzak qishlogʻi;
- Koʻksu tumani – Balpiq-biy qishlogʻi;
- Panfilov tumani – Jarkent shahri;
- Sarqand tumani – Sarqand shahri;
- Toldiqoʻrgʻon shahri;
- Tekeli shahri.
- Qozogʻiston viloyatlari
- Jetisu viloyati
- Alifbo boʻyicha aholi punktlari

