Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mis tangalar — misdan zarb qilingan qadimgi tanga pullar. Sharqda misdan turli narsalar yasash miloddan avvalgi 4ming yillikdan beri maʼlum. Mis tangalar milodd

Mis tangalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mis tangalar — misdan zarb qilingan qadimgi tanga pullar. Sharqda misdan turli narsalar yasash miloddan avvalgi 4ming yillikdan beri maʼlum. Mis tangalar miloddan avvalgi VIII asrning oxiri —VII asrning boshlarida Qad. Lidiya davlatida paydo boʻlgan, Oʻrta Osiyoda miloddan avvalgi IV asrdan boshlab muomalaga kirgan. Afrosiyob hududida Salavkiylar davlati podshosi Antiox 1 nomi yozilgan Mis tangalar (miloddan avvalgi III asr), Buxoro vohasidan kamonchi tasviri tushirilgan mayda Mis tangalar (miloddan avvalgi IV asr) topilgan. IV asrda Sugdiyona va unga tobe yerlardagi aholi Mis tangalardan foydalangan. VII asr oʻrtalarida Sugdiyona davlatida 1 kg misdan oʻrtacha 425 tanga, VIII asr oʻrtalarida esa 1 kg misdan oʻrtacha 963 tanga zarb qilingan. Afrosiyobni arxeologik qazishlar vaqtida turli davrlarga oid Mis tangalar xazinasi topildi.Mis tangalar kumush tangalarga qoʻshimcha si-fatida ishlatilgan.

Adabiyot

  • Smirnova O.I., Katalog monet s gorodisha Pendjikent, M., 1963; Smirnova O. I., Ocherki iz istorii Sogda, M., 1970.
Yuqori