| Saidahmad Boʻriyevich Rahimov | |
|---|---|
| Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri | |
| Mansab davri 2004-yildan – 2005-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Mamarizo Nurmurodov |
| Vorisi | Rustam Azimov |
| Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi | |
| Mansab davri 2003-yildan – 2004-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Vyacheslav Golishev |
| Vorisi | Azizjon Vorisov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1960-yil 14-noyabr Toshkent |
| Mukofotlari | |
Saidahmad Boʻriyevich Rahimov — oʻzbek iqtisodchisi, davlat arbobi. 2005—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki boshqaruvi raisi.
Biografiyasi
Maʼlumoti
Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.
Mehnat faoliyati
1989—1993-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti assistenti, katta oʻqituvchisi.
1993—1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Valyuta-iqtisod bosh boshqarmasi tahlil boʻlimi boshligʻi, pul-kredit siyosati boshqarmasi tahlil markazi boshligʻi, kreditni tartibga solish boshqarmasi boshligʻi.
1995-1997 — „Oʻzuyjoyjamgʻarmabank“ aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining oʻrinbosari.
1997-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari.
2000-2002 — "Asaka" davlat aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi.
2002-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi.
2003-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi.
2004-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri.
2005-yildan 2017-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki boshqaruvi raisi hamda bank homiyligidagi "NBU-Osiyo" futbol klubi Prezidenti.
2015-yildan — Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasi kengashi raisi.
Oilasi
Oilali, uch nafar farzandi bor.
- 14-noyabrda tugʻilganlar
- 1960-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Moliya vazirlari
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar