- Vikipediyada ismi Aziz va familiyasi Voitov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Aziz Voitov | |
|---|---|
| Mansab davri 2022-yil 29-avgust – 2023-yil 24-oktyabr | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Jamshid Xoʻjayev |
| Vorisi | Ibrohim Abdurahmonov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1980-yil |
Voitov Aziz Botirovich — (1980-yil) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri.
Mehnat faoliyati
Taʼlim
Aziz Voitov 2001-yilda Toshkent moliya institutini „Soliq va soliqqa tortish“ mutaxassisligi boʻyicha bitirgan. 2010-yilda Oliy ishbilarmonlik maktabida „Biznes boshqaruvi“ sohasi boʻyicha tahsil olgan.
Mehnat faoliyati
Aziz Voitov 2017-yilda Oʻzsanoatqurilishbank boshqaruv raisi lavozimida ishlagan. 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2022-yil avgust oyidan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
2023-yil 24-oktyabr kuni Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimidan ozod etildi.
Qamoqqa olinishi
2023-yil 18-dekabr kuni iqtisodiy jinoyatlar bilan bogʻliq ish yuzasidan qamoqqa olindi.
- 29-mayda tugʻilganlar
- 1980-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- „Sodiq xizmatlari uchun“ medali sohiblari
- Oʻzbekiston vazirlari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar

