Assoshieyted press (Associated Ppess) – AQShning eng yirik axborot agentliklaridan biri. Gazeta nashrlarining kooperativ birlashmasi. AQSH gazetalarini va 100 dan ziyod mamlakatlar nashrlarini axborotlar bilan ta’minlab turadi. 1848-yil Nyu-Yorkda tashkil etilgan. Chet ellarda 50 ga yaqin boʻlimi va 3 mingdan ortiq muxbirlari bor. Bir qancha xorijiy informatsiya agentliklari bilan shartnomalar asosida aloqa qiladi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |