Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

David Villa Sánchez (talaffuzi: David Vilya Sanches; 1981-yil 3-dekabr kuni Langreo, Ispaniyada tugʻilgan) – Villa hujumchi ampulasida oʻynagan ispaniyalik sobi

David Villa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
David Villa
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi David Villa Sánchez
Tavallud sanasi 1981-yil 3-dekabr (1981-12-03) (44 yosh)
Tavallud joyi Langreo, Ispaniya
Boʻyi 175 sm
Ampluasi Hujumchi
Laqabi El Guaje (Chaqaloq)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1991—1999 Langreo
1999—2000 Sporting Gijón
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2001 Sporting Gijón B 36 (14)
2001—2003 Sporting Gijón 80 (38)
2003—2005 Real Zaragoza 73 (32)
2005—2010 Valencia 166 (108)
2010—2013 Barcelona 77 (33)
2013—2014 Atlético Madrid 36 (13)
2014—2018 New York City FC 117 (77)
2014   Melbourne City 4 (2)
2019—2020 Vissel Kobe 28 (13)
Total 617 (330)
Milliy terma jamoa
2001—2002 Asturiya 2 (1)
2002—2003 Ispaniya U21 7 (0)
2005—2017 Ispaniya 98 (59)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

David Villa Sánchez (talaffuzi: David Vilya Sanches; 1981-yil 3-dekabr kuni Langreo, Ispaniyada tugʻilgan) – Villa hujumchi ampulasida oʻynagan ispaniyalik sobiq professional futbolchidir. U oʻz avlodining eng sara hujumchilaridan biri deb tan olingan. Villa Ispaniya milliy terma jamoasining barcha davrlar boʻyicha eng koʻp gol urgan oʻyinchisidir. Hozir u Ispaniyaning Tercera Federación ligasidagi „CF Benidorm“ klubining vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritmoqda.

El Guaje (Asturiya tilida „Bola“) laqabini olgan Villa, oʻzidan ancha katta bolalar bilan futbol oʻynagani uchun shunday nom olgan. U bolaligida jiddiy jarohat olishiga qaramay, 2001-yilda „Sporting de Xixon“ jamoasida professional faoliyatini boshlashga erishdi. Ikki mavsumdan soʻng „Real Saragosa“ga oʻtib, u yerda La Ligada debyut qildi hamda Ispaniya Qirol kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritdi. 2005-yilda 12 million yevro evaziga „Valensiya“ga oʻtgan Villa, bu yerda ham yana bir bor Ispaniya Qirol kubogini zabt etdi.

Yuqori