Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Toshkent mozaikalari — Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida 1960—1980-yillar oraligʻida barpo etilgan monumental mozaika sanʼati namunalari. Mazkur mozaikalar

Toshkent mozaikalari

Toshkent mozaikalari — Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida 1960—1980-yillar oraligʻida barpo etilgan monumental mozaika sanʼati namunalari. Mazkur mozaikalar madaniy meros obyekti sanaladi. Bu mozaikalar shaharning sovet modernizmi ruhida qayta qurilishi jarayonida, ayniqsa, 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin boshlangan keng qamrovli arxitektura va bezak sanʼati dasturlari doirasida vujudga kelgan.

Toshkent mozaikalari

Ornament

Ornament
Ornament
Koʻpqavatli turarjoy majmualaridagi plitali mozaik pannolar.
Ornament, qanot, odamlar
: '
upright=230px
Rassom Aleksandr Jarskiy
Yil 1985-yil
Material Keramika
Oqim Modernizm
Joylashuvi Toshkent, Oʻzbekiston
Veb-sayti mosaic.tashkent.uz

Asosan XX asrning 60-yillari oxirida Toshkent shahridagi yangi turarjoy majmualarining devorlariga terib chiqilgan. Mozaikalarning yaratilishi, bir tomondan, shaharga zamonaviy qiyofa berish, ikkinchi tomondan esa mehnat, xalqlar doʻstligi, tinchlik va ilm-fan rivoji kabi ideologiyalarni targʻib qilishga qaratilgan. Sovet Ittifoqi ommaviy monumental mozaikani badiiy mahorat va gʻoyalarni yetkazishning mukammal kombinatsiyasi sifatida koʻrgan. Badiiy ijod erkinligiga cheklovlar mavjud boʻlgan boʻlsa-da, koʻplab rassomlar ushbu sharoitda ham oʻziga xos individual uslublar yaratishga muvaffaq boʻlishgan. Yaʼni, Markaziy Osiyo oʻsha paytda siyosiy markaz boʻlgan Moskvadan uzoqligi, eʼtibor markazidan biroz boʻlsa ham chetdaligini anglatardi, bu esa mahalliy rassomlarga maʼlum bir erkinlik bergan. Natijada ularda sovet unsurlari va uslublarini mahalliy xalq ogʻzaki ijodi va madaniyati bilan aralashtirib, islomiy va milliy estetik-madaniy unsurlar va obrazlar bilan aralashgan sotsialistik realizmning oʻziga xos yoʻnalishini yaratish imkoni tugʻiladi. Mozaikalar orasida milliy naqshlar va motivlarga murojaat qilish hollari ham uchrab, bu Toshkentning koʻp millatli va boy tarixiy madaniy qiyofasini aks ettirgan. Asosan, sevgi va jasorat haqidagi folklor asarlar qahramonlari, milliy liboslar, urf-odatlar, taomlar va cholgʻu asboblari, mahalliy aholi tasvirlari tushirilgan.

Hozirgi kunda 150 ta turarjoy binosining fasadi mozaikalar bilan bezatilgan. Umumiy hisobda, turarjoy va noturarjoy binolari, metro bekatlar, ayrim rasmiy idoralarning fasadi, maktab va boshqa binolar bilan Toshkentda 450 dan ortiq mozaik pannolar mavjud. Ular asosan seysmik modernizm namunalari hisoblanadi. Sharqona ornomental uslubdagi bu mozaikalarning asosiy qismi taniqli monumentalist va arxitektorlar — aka-uka Pyotr, Nikolay va Aleksandr Jarskiylar tomonidan ishlangan.

Yaratilish tarixi

 
„Mosaics Brighten a Reborn Tashkent“ (Qayta qurilgan Toshkentni mozaikalar yoritadi). The New York Times nashri. 1970-yil 26-may.

Toshkentdagi mozaikalar 1966-yilgi zilziladan so‘ng vujudga kelgan. Bu zilzila oqibatida 300 mingdan ortiq odam uysiz qoladi, 2236 ta ma’muriy bino, 700 ga yaqin savdo va umumiy ovqatlanish shahobchalari, shuningdek, mingga yaqin boshqa binolar zarar ko‘radi. Shundan so‘ng shaharni qayta qurish jarayoni boshlanib, yangi Toshkent shakllanadi. Sobiq Sovet Ittifoqiga kiruvchi davlatlardan malakali quruvchilar Toshkentga yuboriladi. Meʼmorlarga shaharning maʼlum hududlaridan joylar ajratib berilgan. Qurilish texnikasi yaxshi rivojlangan mamlakatlar shaharning markaziy binolarini tiklashgan. Meʼmorlar qurilayotgan inshootlarning o‘ziga xosligiga alohida e’tibor berishgan. Masalan, qozog‘istonlik quruvchilar qurgan binolardan birida raqs tushayotgan ayol va uning yonida keksa odam tasvirlangan.

Mozaikalar o‘rnatish texnologik jihatdan murakkab bo‘lmagan. Panellar dastlab pastda tayyorlanib, keyin devorlarga o‘rnatilgan. Rassomlar va arxitektorlar naqshlarni puxta ishlab chiqqanlar. Jarayon murakkab ko‘ringani bilan, eskizlar ishlab chiqilgach, panel quyish texnik jihatdan qiyinchilik tug‘dirmagan. Shu sababli qisqa vaqt ichida qurilgan binolarning bezaklariga mozaikalar eng yaxshi yechim bo‘lgan. Panellar beton zavodida ishlab chiqarilgan. Eskizlar ko‘mir yordamida maxsus ustaxonada chizilgan. Panel o‘lchami taxminan 3x3 bo‘lib, shu kattalikdagi qog‘ozlarga mozaika rasmlari chizilib, ranglar tanlangan.

Eskizlar tayyor bo‘lgach, boshqa ustaxonada yerga yoyilib, 5x5 hajmdagi parchalarda yig‘ilgan. Parchalar orasida 3-4 millimetrli joy qoldirilgan va keyin bir-biriga yopishtirilgan.

Arxitektor Ravshan To‘xtayevning ma’lumotlariga ko‘ra, bunda xatolik qayerda yuzaga kelganini jarayon davomida sezish qiyin bo‘lgan, chunki eskizning old tomoni emas, orqa tomoni ko‘ringan. Yelimlovchi ishchi mozaikaning teskari tomonini ko‘rib ishlagan, xato esa faqat mozaika tayyor bo‘lgandan keyin ko‘ringan. Agar xatolik bo‘lsa, noto‘g‘ri joy olib tashlanib, to‘g‘rilanib, qayta yopishtirilgan, buni boshqa usulda tuzatish imkoni bo‘lmagan. Keyin panel qolipiga keramika (yuzasini pastga qaratib) qo‘yilib, ustidan beton quyilgan. Beton keramikaning orqa tomonini qoplab, bo‘sh joylari to‘ldirilgan va panel mustahkamlangan. Quriganidan so‘ng, qog‘oz suv bilan yuvilib, olib tashlangan va mozaika ochilgan. Tayyor bo‘lgan panellar o‘z joyiga olib borib o‘rnatilgan.

Mualliflar

Pyotr, Nikolay va Aleksandr Jarskiylar

 
Pyotr, Nikolay va Aleksandr Jarskiylar ish jarayonida.

Aka-uka Pyotr, Nikolay va Aleksandr Jarskiylar sharqona va ornamental uslubdagi mozaik pannolar anʼanalarini yaratgan taniqli arxitektorlar hisoblanadi. Toʻngʻich oʻgʻil Pyotr 1929-yil Estoniyada, Nikolay va Aleksandrlar esa 1931—1936-yillarda Fransiyada rossiyalik muhojir oilasida tugʻilgan. Ularning otasi Vasiliy Jarskiy ham rassom boʻlgan. 1947-yilda Rossiyaga qaytib kelishadi. Pyotr 1946-yilgacha Tuluza Sanʼat maktabida oʻqigan, keyinchalik Leningrad Zamonaviy Sanʼat Universitetini, Nikolay Leningrad badiiy akademiyasini, Aleksandr esa Qozon rassomlik institutini tugatgach 1966-yilda Toshkentga joʻnatilgan. 1966-yilgi zilziladan soʻng Toshkentni qayta qurish jarayonida faol ishtirok etishgan. U yerda temir-beton buyumlar zavodida rassom boʻlib ishlashni boshlashgan. Shahardagi koʻplab talofat koʻrgan binolar oʻrnida panel uylar qurilishi boshlab yuborilgan, biroq ular bir xil koʻrinishga ega boʻlib, oʻziga xos, alohida ajralib turadigan jozibasi boʻlmagan. Jarskiylar turarjoylarni mozaik pannolar bilan bezatish gʻoyasini ilgari surib, bu binolarga oʻziga xoslik baxsh etishgan. Jarskiylar tomonidan ishlab chiqilgan mozaik pannolar besh va toʻqqiz qavatli binolarni bezashda qoʻllanilgan. Toshkentda ilk mozaik panno Muqimiy koʻchasidagi 9 qavatli uylarning birida yaratilgan. Meʼmorlar orasida Pyotr Jarskiyning ishlari mashhur boʻlib, keyinchalik nafaqat koʻpqavatli uylarda, balki kirish eshiklari, favvoralar, gumbazlar va metro bekatlarida ham namoyon boʻla boshlaydi. Ular 20 yildan ortiq faoliyati davomida 400 dan ortiq binoga bezak bergan. Bu ishni Jarskiylarning toʻngʻichi – maʼlumoti boʻyicha monumentalist boʻlgan Pyotr boshlab bergan. Uning eskizlari asosida shisha parchalaridan mozaik panellar yaratilib, beton devorlarga terib chiqilgan. U Toshkentda oʻtgan yillari haqida shunday deydi: „Biz shahar boʻylab yurgan paytlarimizda oʻz qoʻllarimiz bilan barpo qilgan uylarimizni diqqat bilan kuzatardik. Bu binolarni qurishda qayerdadir xato qilishimiz mumkin emasdi, biz buni qabul qila olmasdik. Xato qilishga haqqimiz yoʻq edi.“ Toshkentni qayta qurishda mozaikalardan foydalanish gʻoyasi oʻsha yillarda „Toshgiprogor“ instituti bosh meʼmori Yuriy Georgiyevich Miroshnichenko hamda Pyotr Jarskiy oʻrtasida boʻlib oʻtgan suhbat davomida tugʻilgan.

Uning taʼkidlashicha, Jarskiylarning ishlari Oʻrta Osiyo va Oʻzbekistonga xos yoki anʼanaviy emas. Ularning koʻpchiligi rassom Bilibinning klassik rus ertaklaridan foydalanib ishlagan illustratsiyalariga oʻxshash. Ammo asarlar yangicha, umumeʼtirof etilgan gʻoyalarga mos emas. Arxitektor Georgiy Minasovich Sarkisov esa Jarskiylarni shunday xotirlaydi: „Aka-ukalar 70-yillarda binolarni bezatish boʻyicha haqiqiy kashshof boʻlishgan. Turarjoy binolarini bunday uslubda loyihalash hali Sovet mamlakatlari boʻylab tarqalmagan edi. Bunaqasi Toshkentdan boshqa joyda uchramasdi. Men bu darajada fidoyi, oʻz ishiga bor bilimini berib ijod qiladigan, isteʼdodli ustalarni koʻrmaganman“.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Pyotr Jarskiyga Toshkentdagi Prezident saroyini hamda Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasi binosiga dekorativ toʻsiqlar oʻrnatish ishlari topshiriladi. Pyotr Jarskiy 1993-yil 27-sentyabr kuni Toshkentda, 64 yoshida vafot etadi. Shu sababli Toshkent shahrida qurilishi kerak boʻlgan mozaikali koʻpqavatli binolar loyihasini yakunlash ishlarini ukasi Aleksandr Jarskiy zimmasiga oladi.

Burmakin Vladimir Ivanovich

1969-yilda Toshkentdagi „Bilimlar uyi“da Burmakin oʻzining shaxsiy koʻrgazmasini tashkil qiladi. Burmakin Oʻzbekiston, Rossiya hamda boshqa mamlakatlardagi xalqaro koʻrgazmalarda qatnashgan. Burmakinning ijodiy ishlari Amerika, Germaniya, Fransiya, Angliya, Polsha, Turkiya, Bolgariya kabi davlatlarning muzeylarida saqlanadi. Birgina Germaniyadagi mehmonxonalarning birida rassomning 200 ga yaqin asari toʻplam holida saqlanadi. 60-yillarning oxirida Toshkentdagi badiiy muassasalarda dars bergan. Oʻzbekistonda keyinchalik taniqli boʻlgan rassomlarga ustozlik qilgan. Toshkentni qayta qurish jarayonlarida oʻz chizmalari bilan ishtirok etgan.

Buxarboyev Abdumalik Abduqodirovich

Buxarboyev 1940-yilda Toshkentda tugʻilgan boʻlib, asli millati qozoq. 60-yillarning oxirida Toshkent Badiiy bilim yurtini tugatib, Teatr-badiiy institutida tahsilni davom ettiradi. Asosan Qozogʻiston tarixi va madaniyatiga qiziqqan. Zilziladan keyin Toshkentda koʻplab yirik meʼmoriy obyektlar qurilishi va bezatilishiga oʻz hissasini qoʻshgan. Toshkent metropoliteni, „Oʻzbekiston“, „Hamza“ (hozirgi „Novza“) metro bekatlari, „Chor-Su“ mehmonxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi teleradio markazi, „Xalqlar doʻstligi“ sanʼat saroyi, „Le Meredian“ kabi mehmonxonalarni bezashga hissa qoʻshgan. Ishlari asosan Florensiya mozaikasi uslubida qilingan.

Ablin Evgeniy Mixaylovich

Rassom 1928-yilda Moskvada tugʻilgan. 1958-yilda Moskvadagi Rassomlar uyushmasiga aʼzo boʻladi. Yevgeniy ushbu shahardagi Pionerlar saroyining badiiy bezaklari bilan shugʻullangan. 1970-yil „Toshkent“ loyihasi ustida ish boshlash maqsadida Oʻzbekistonga kelgan. Dastlab Samarqand va Buxoroga borib, u yerdagi tarixiy yodgorliklar bilan tanishib chiqqan. 1973-yilda Toshkent Telemarkazidagi mozaikalar ustida ish boshlagan va bu 8 yil davom etgan. Aynan „Toshkent“ loyihasi uchun tajriba orttirish maqsadida 1975-yil Turkiyaga borib, Vizantiya mozaikalari bilan tanishadi. 1981-yilda esa Ispaniyaga boradi.

Svetlana Ivanovna Sherbinina

 
Svetlana Sherbinina va turmush oʻrtogʻi Leonid Polishuk

Svetlana Sherbinina — sovet va rus monumental sanʼat ustasi. 1930-yil Ivanovo viloyatida tugʻilgan. Rossiya Federatsiyasi xalq rassomi. Rossiya Badiiy akademiyasi muxbir aʼzosi. Rossiya Federatsiyasi davlat mukofoti sovrindori. 2013-yilda tasviriy sanʼat rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Rossiya Federatsiyasi Rassomlar uyushmasining Surikov nomidagi oltin medali bilan taqdirlangan.

1945-yilda Svetlana 7 yillik maktabni tugatib, Yaroslav nomidagi rassomlar bilim yurtiga oʻqishga kirgan. 1950-yilda esa Moskva Amaliy va Dekorativ sanʼat institutining Arxitektura va badiiy keramika fakultetida oʻqiy boshlagan. U yerda Svetlana ustozi, taniqli rassom Yekaterina Zernovadan tahsil oladi. Turmush oʻrtogʻi Leonid Polishuk ham monumental sanʼat ustasi, Rossiya xalq rassomi. Er-xotinlar hammualliflikda yirik sanʼat asarlari yaratishgan. Masalan, haykaltaroshlik, stanok uslubidagi rassomlikga oid, monumental-dekorativ asarlar, jumladan, devoriy rasm, vitraj, mozaikalar. Ularning asarlari Moskva, Ufa, Toshkent, Surgut va Genuyada (Italiya) yirik jamoat binolarini bezagan. Sovet davrida baʼzi asarlari buzib tashlangan. Masalan, Surgutdagi Gubkin haykali, Sarskoy qishlogʻidagi „Pushkin“ devoriy rasmi (1962—1965) shular jumlasidandir. Er-xotin monumentalist rassomlarning asarlari Tretyakov Davlat galereyasida, Sankt-Peterburgdagi Teatr muzeyida, AQShdagi TMORA (The Museum of Russian Art, Minnesota, Rey Jonson nomidagi Rus sanʼati muzeyi)da, Toshkentda va koʻplab xususiy kolleksiyalarda saqlanadi.

1968-yilda Toshkentdagi „Bilimlar uyi“da Polishuk va Sherbinina oʻzlarining „Insoniyat madaniyati tarixi“ nomli mozaikalarini yaratishgan. Murakkab falsafiy gʻoyani rangtasvir va shakllar orqali ifodalash maqsadida rassomlar umumlashtirish, ramziy ifoda va kinoyaviy usullardan foydalanishgan. Mozaikada Nefertiti boshining tasviri, anʼanaviy arxitektura namunasi boʻlgan Somoniylar maqbarasi, Ibn Sino siymosi va boshqa misollar orqali insoniyat tarixining turli bosqichlari tasvirlanadi. Ularning hammualliflikdagi yana bir mashhur ishlaridan biri Toshkent shahridagi sport majmualaridan biriga ishlangan „Yugurayotgan olimpiyachi“ mozaik panosi.

Uslubi

 
Suvsoz. Jarskiy Aleksandr Vasilevich asari. 1991-yil.

Toshkent koʻpqavatli uylari devorlaridagi mozaikalar uslubi seysmik modernizm namunalari hisoblanadi. Toshkentda 1966-yilgi zilziladan so‘ng barpo etilgan besh va to‘qqiz qavatli binolarning deyarli barchasida sharqona ornamental uslubdagi mozaikalar joy olgan. Modernizm arxitektura uslubi erkinlik ruhini o‘zida aks ettirgan bo‘lib, aynan zilziladan so‘ng Toshkentda keng tarqalgan. “Toshkent modernizmi” loyihasi muallifi Aleksandr Fedorovning fikricha, bu arxitektura uslubi “seysmik modernizm” deb ataladi va binolarni loyihalashtirgan yoki qurishda ishtirok etganlarning hech birida kommunizmni targ‘ib qilish maqsadi bo‘lmagan.

...Mozaikalar shahar hayotiga optimistik ruh olib kirgan, chunki zilziladan keyin Toshkent ko‘plab insonlarga bag‘rini ochgan. Ayrim sabablarga koʻra Toshkentni tark etganlar uni tiklash uchun yana qaytib kelgan. Bu mozaikalar hech qanday siyosiy g‘oyani ilgari surmaydi, targʻib qilmaydi, shunchaki shaharning goʻzalligiga koʻrk qoʻshish uchun yaratilgan. Shuning uchun ularga kommunizmning sarqiti sifatida qarash, yoki aynan shu sabab bilan olib tashlash to‘g‘ri emas. Albatta, ayrim joylarda bu gʻoyalarga targʻib sifatida yaratilgan mozaikalarni ham koʻrish mumkin, ammo ular kamdan-kam uchraydi....

Uylarning seysmologik koʻrinishi va dizaynida farqlar katta. Garchi sobiq SSSR davlatlari tomonidan qurilgan bo‘lsa ham, ko‘plab turarjoylardagi mozaikalar aynan bitta xalqning madaniyatiga xos emas. Faqatgina Markaziy Osiyo madaniyatini aks ettiruvchi tor yo‘nalishga asoslanmagan. Balki, o‘ziga xos, nostandart vizuallar va naqshlarni aks ettirgan. Ma’lum bir mozaikani biror davr yoki xalqqa xos deb aytish qiyin. Bu mozaikalarda asosan sharqqa xos ornamentlar ishlatilgan. Ularning ba’zilarida quyosh, suv va hatto bodom naqshlari uchrab turadi. O‘zbekistonda turli xalqlar yashab kelgani uchun bu naqshlar, ehtimol, Markaziy Osiyo xalqlarining umumiy madaniy merosidan ilhomlanib yaratilgan boʻlishi ham mumkin. Ko‘pgina mozaikalarda aniq bir joy yoki davr ifodalanmaydi. Ayrimlarida insonlar ham tasvirlangan. Birida bolalar, boshqasida ayollarni ko‘rish mumkin, boshqa joylarda quyosh va tabiat manzaralari. Syujyetli mozaikalarda esa ma’lum bir voqea aks ettirilgan bo‘ladi. An’anaviy elementlar orqali urf-odatlar tasvirlangan bo‘lsa-da, ular doim aniq bir ma’noni ifodalamaydi. Masalan, Labzak ko‘chasidagi mozaikalarda kosmonavtlar mavzusiga katta e’tibor qaratilgan: milliy naqshlar samolyot va kosmonavt obrazlari bilan uyg‘unlashgan, ba’zilarida esa milliy naqshlar havo sharlari bilan birga ishlatilgan.

Toshkentdagi 110-sonli maktabning devoriga ishlangan yana bir mozaika esa ukrainalik shoir, yozuvchi va rassom, ukrain adabiyoti va zamonaviy ukrain tilining asoschisi Taras Shevchenko nomi bilan bogʻliq. Katta mozaik panel 1970-yil 1-iyunda ochilgan. Koʻplab ukrainlar Toshkentning shu qismiga joylashtirilgan va 1966-yilgi zilziladan keyin u yerda mozaika va bogʻ qurilgan. Mozaika oldidagi Shevchenko haykali 2002-yilda ochilgan.

Oʻrganilishi

 
"Oʻzekspomarkaz" majmuasi paviloni fasadidagi „Toʻy“ pannosi. Muallif Dilurod Yusupov

Germaniyalik taniqli arxitektor Flipp Mozerov Toshkent haqida gapirar ekan, u yerdagi binolar haqida alohida toʻxtalib oʻtadi. Uning fikriga koʻra, hech bir sobiq sovet yoki Yevropa mamlakatlaridagi turar joylarda quyoshdan himoyalovchi elementlar yoki oʻziga xos, bir biridan ajralib turadigan mozaikalar uchramaydi. Bu inshootlar shunchaki nostalgiya uchun emas, balki bir xalq boshqa bir xalqning maksimal qulayligini taʼminlash maqsadida qurib berganligi bilan ahamiyatli. Shuning uchun ularni shunchaki buzish yoki yoʻqotish kerak emas. Buzishdan koʻra saqlash osonroq. Arxitektura qoidalariga mos ravishda ularni saqlab qolish yaxshiroq.

Ammo ayrim koʻpqavatli binolardagi mozaikalar yarim asrdan keyin taʼmirtalab holga kelib qoldi. Oz qismi buzib tashlandi. Shuningdek, yana bir nechtasining ustidan boʻyoq tortildi. Chilonzor tumanida joylashgan koʻpqavatli uylardan birining devoriga ishlangan mozaika nomaʼlum sabablarga koʻra boʻyalgan. Keyinchalik bu aholining eʼtiroziga sabab boʻlgan va shahar hokimligi tomonidan tiklangan. Ushbu mozaika yarim asr oldin belaruslar tomonidan ishlangan. Shahar markazidaki ayrim turarjoy binolarining devoralriga, yaʼni mozaikalarning ustiga turli xildagi reklama bannerlari yopishtirib chiqilgan va natijada ular toʻsib qoʻyilgan. Ammo 2024-yilning bahorida bannerlar olib tashlangan. Mahalliy aholi, ziyoli qatlam barchani ushbu mozaikalarni saqlab qolishga chaqirdi.

Toshkent shahri va Oʻzbekistonning boshqa hududlaridagi taxminan 157 mozaik panno Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga monumental sanʼat yodgorliklari sifatida kiritilgan. Roʻyxatdagi mozaikalar davlat kadastrida qayd qilingan va ularning madaniy qiymati kadastr hujjatlarida aks etgan. Roʻyxatga kiritilgan obyektlar joylashgan binolarda yoki ularga yaqin hududlarda har qanday qurilish ishlari Madaniy meros agentligi bilan kelishilishilgan holatda amalga oshirilishi lozim. Mozaikalar asosan Toshkentda joylashgan boʻlsa-da, Nukus, Urganch, Xiva, Samarqand, Namangan, Andijon, Jizzax, Qo‘qon, Angren, Guliston va boshqa viloyatlardagi mozaikalar ham roʻyxatga kiritilgan.

Toshkent metro bekatlarining ayrimlarida, zinapoyalar tepasida ham mozaik panellarning turli xildagi koʻrinishiga duch kelinadi. Bular sharqona ruhdagi dizayn bilan jonlantirilgan va koʻplab turistlarning diqqatini tortadi. Yaratilganiga 50 yildan oshgan mozaikalar bora-bora reklama bannerlari bilan toʻsib qoʻyilgan. 2024-yilning aprel—iyun oylarida turarjoy binolari devorlaridagi mozaikalar turli xil reklama bannerlaridan tozalandi.

Ayni paytda Toshkentni dunyodagi „eng koʻp mozaikalarga ega shahar“ sifatida tan olinishi uchun Ginnesning rekordlar kitobi komissiyasiga ariza berish rejalashtirilgan. Ushbu katalogga koʻpqavatli binolar, ularning tashqi va ichki panellari, Toshkent metropolitenining mozaikalar bilan bezatilgan bekatlari, shuningdek, alohida ajratilgan obyektlar kiritilgan. Misol uchun, „Oʻzekspomarkaz“ majmuasi paviloni fasadidagi „Toʻy“ pannosi shulardan biridir. Bu mozaika 1970-yil oʻzbekistonlik rassom Dilmurod Yusupov tomonidan ishlangan.

„Toshkent mozaikalari“ loyihasi

Loyihaning maqsadi — Toshkent mozaikalari haqida qiziquvchilarga kengroq va chuqurroq maʼlumot berish, 1966-yilda yuz bergan zilzila fojiasidan keyin yaratilgan monumental sanʼat namunalarini asrash, asosiysi, ularni toʻsib qoʻygan turli xil reklama bannerlaridan tozalash. Bugungi kunda ular Madaniy meros obyekti sifatida tan olingan. Shahar 1960—1970-yillarda „sovet modernizmi“ uslubida qayta qurilgan. Shuning uchun ham Toshkent „Modernistik shahar“ deb eʼtirof etilgan. „Toshkent mozaikalari“ loyihasi doirasida mosaic.tashkent.uz] sayti ishga tushgan. Ushbu saytda mozaikalarning yaratilish tarixi, har bir pannoning muallifi, uslubi, mavzusi yoritilgan.

Davlat muhofazasiga olingan mozaikali binolar roʻyxati

2024-yilning may oyida Oʻzbekiston hududidagi binolarga ishlangan 157 ta mozaika va panno kompozitsiyalari madaniy meros obyektlari ro‘yxatidan oʻrin olgan va ularning barchasi davlat muhofazasiga kiritilgan. Binolarga ishlangan mozaikalarni asosan Oʻzbekistonning 8 ta viloyati, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Toshkent shahrida uchratish mumkin.

Andijon viloyati Andijon shahri
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Mozaika kompozitsiyasi 1982-yil Andijon viloyati tarixi va madaniyat muzeyi Davlat mulki
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahri
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Robert Obakyan tomonidan tayyorlangan kompozitsiya 1970-yil Turon koʻchasi, 12-uydagi neft va sanoat kolleji joylashgan binoning kirish qismi Davlat mulki
Jizzax viloyati Jizzax shahri
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Mozaika kompozitsiyasi 1982—1985-yillar „Zargarlik“ mahallasi koʻpqavatli turarjoy binosi tashqi devori Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi 1986-yil „Zargarlik“ mahallasi 40-uy Xususiy mulk
Jizzax viloyati Zafarobod tumani
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Mozaika kompozitsiyasi 1987-yil „Lolazor“ MFY hududidagi Madaniyat markazi binosi Davlat mulki
Mozaika kompozitsiyasi 1986-yil Boʻston shaharchasidagi eski univermag binosi Xususiy mulk
Namangan viloyati Namangan shahri
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Mozaika kompozitsiyasi 1992-yil „Diyor“ MFY Nodira koʻchasi 3-uy Xususiy mulk
Vladimir Drigin tomonidan yaratilgan mozaika kompozitsiyasi 1984-yil „Margʻilon“ MFY A.Navoiy koʻchasidagi koʻpqavatli turarjoy binosi tashqi devori Xususiy mulk
Vladimir Drigin tomonidan yaratilgan mozaika kompozitsiyasi 1996-yil Boburshoh koʻchasidagi binoning tashqi devori Xususiy mulk
Vladimir Drigin tomonidan yaratilgan mozaika kompozitsiyasi 1996-yil Boburshoh koʻchasidagi binoning tashqi devori Xususiy mulk
Xamidulla Yuldashev tomonidan yaratilgan mozaika kompozitsiyasi 1989-yil N.Namangoniy koʻchasi 41-uy Davlat mulki
Namangan viloyati Pop tumani
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Ravshan Yuldashev tomonidan yaratilgan mozaika kompozitsiyasi 1978-yil „Toshqoʻrgʻon“ MFY dagi binoning tashqi devori Xususiy mulk
Namangan viloyati Davlatobod tumani
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Xamidulla Yuldashev tomonidan yaratilgan mozaika kompozitsiyasi 1986-yil Davlatobod tumanida joylashgan binoning tashqi devori Xususiy mulk
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumani
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi tashqi devor qismidagi mozaika 1975-yil Ernazar Alakoʻz koʻchasi 1-uy Xususiy mulk
„Toshkent“ mehmonxonasi tashqi devor qismida ishlangan mozaika kompozitsiyasi 1979-yil Qoraqalpogʻiston koʻchasi 23-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi 1999-yil A-380 Yoʻli „Doʻstlik kanali“ boshlanish joyidagi koʻprik yonida Davlat mulki
Mozaika kompozitsiyasi 2000-yil A-380 Yoʻli „Doʻstlik kanali“ boshlanish joyidagi koʻprik yonida Davlat mulki
Mozaika kompozitsiyasi 1990-yil Ernazarov koʻchasi 108-burilma Xususiy mulk
Qoraqalpoq davlat universiteti kutubxonasi binosining tashqi devoridagi 1989-yil Ch.Abdirov koʻchasi 1-uy Davlat mulki
Mozaika kompozitsiyasi Aniqlanmagan Pushkin koʻchasi 9 qavatli turarjoy binoning fasadida Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi 1982-yil 49-sonli maktab binosi fasadida Davlat mulki
Mozaika kompozitsiyasi Aniqlanmagan 22-kichik tumani 14a-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi Aniqlanmagan Doʻstlik kanali tamomlangan joy, koʻprik yonidagi devorda Davlat mulki
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumani
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Mozaika kompozitsiyasi 1972-yil „Goʻsht kombinatidagi devoriy surat“ Xususiy mulk
Samarqand viloyati Samarqand shahri
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Mozaika kompozitsiyasi XX asr Rudakiy koʻchasi bilan Boʻstonsaroy koʻchasi kesishmasi Davlat mulki. Samarqand shahar hokimligi huzuridagi obodonlashtirish boshqarmasi
Mozaika kompozitsiyasi XX asr Fuqarolik inshooti (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bosh oʻquv binosi), Amir Temur koʻchasi 9-uy Davlat mulki. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Mozaika kompozitsiyasi XIX—XX asrlar Turarjoy, hovli va hovliga kirish darvoza ustunlari (ilgarigi vino ishlab chiqaruvchi Filatovning uyi), Mahmud Qoshgʻariy koʻchasi 56-58-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asr Abu Rayhon Beruniy koʻchasi 144-uy Davlat mulki. Samarqand shahar hokimligi
Sirdaryo viloyati Guliston shahri
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Mozaika kompozitsiyasi 1980-yil „Sayqal“ MFY, 102-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi 1965—1970-yillar „Boʻston“ MFY, 26-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi 1965—1970-yillar „Boʻston“ MFY, 26-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi 1965—1970-yillar „Boʻston“ MFY, 26-uy Xususiy mulk
Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Mozaika kompozitsiyasi 1965—1970-yillar „Yangiobod“ MFY, Sanoatchilar koʻchasi 1-uy Xususiy mulk
Toshkent viloyati Angren shahri
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Soʻgʻdiylar toʻyi devoriy monumental rang-tasvir asari 1978-yil „Lashkarak“ qishlogʻi, Guliston oromgohi Xususiy mulk
Devoriy surat XIX asr „Geolog“ MFY, „Geologlar“ shox koʻchasidagi devoriy surat Xususiy mulk
Toshkent shahri Bektemir tumani
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Rohat koʻchasi, 78-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Rohat koʻchasi, 12-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Rohat koʻchasi, 72-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Rohat koʻchasi, 75-uy Xususiy mulk
Toshkent shahri Mirobod tumani
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Nukus koʻchasi, 3-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Massiv-2 Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 5-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Massiv-5 Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 10-12-13-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Nukus koʻchasi, 3-3/1-3/2-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Elbek koʻchasi 17-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Nukus koʻchasi, 4-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Said Baraka koʻchasi, 36-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Moshtabib koʻchasi, 4-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Yakub Kolas koʻchasi, 9-uy Xususiy mulk
Toshkent shahri Olmazor tumani
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Beruniy koʻchasi, 2-7B uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Beruniy koʻchasi, 5-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Gulobod koʻchasi, 1-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Gulobod koʻchasi, 23-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Gulobod koʻchasi, 24-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Qorasaroy koʻchasi, 12-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Qorasaroy koʻchasi, 13-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Sebzor koʻchasi, 1-2-3-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Sebzor koʻchasi, 44-45-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Sebzor koʻchasi, 34-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Qoraqamish koʻchasi, 1/4 13-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Qoraqamish koʻchasi, 1/4 15-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Qoraqamish koʻchasi, 2/5 15-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Qoraqamish koʻchasi, 2/4 1-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Qoraqamish koʻchasi, 2/4 47a-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Qoraqamish koʻchasi, 2/3 1-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Qoraqamish koʻchasi, 13-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Qoraqamish koʻchasi, 1/4 13-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Qoraqamish koʻchasi, 2-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Qoraqamish koʻchasi, 1/4 28-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Qoraqamish koʻchasi, 1/4 9-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Qoraqamish koʻchasi, 60a-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Sebzor koʻchasi, 1-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Sebzor koʻchasi, 2-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Sebzor koʻchasi, 3-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Sebzor koʻchasi, 6-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Sebzor koʻchasi, 7-uy Xususiy mulk
Toshkent shahri Chilonzor tumani
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 10-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Qatortol koʻchasi, 12-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Muqimiy koʻchasi, 160-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Muqimiy koʻchasi, 22-uy Xususiy mulk
Toshkent shahri Yunusobod tumani
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Amir Temur shox koʻchasi, 109a-uy Xususiy mulk
Toshkent shahri Yakkasaroy tumani
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Bobur koʻchasi, 69-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Bobur koʻchasi, 6-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Bobur koʻchasi, 67/10-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Bobur koʻchasi, 69/2-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Bobur koʻchasi, 67/8-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Bobur koʻchasi, 67/6-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Bobur koʻchasi, 67/4-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Bobur koʻchasi, 61-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Bobur koʻchasi, 11-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Bobur koʻchasi, 14-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Bobur koʻchasi, 16-uy Xususiy mulk
Toshkent shahri Sergeli tumani
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Lutfikor koʻchasi, 34-uy Xususiy mulk
Toshkent shahri Uchtepa tumani
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 3-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Lutfiy koʻchasi, 1-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Lutfiy koʻchasi, 4-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Lutfiy koʻchasi, 16-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Lutfiy koʻchasi, 24-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Lutfiy koʻchasi, 55-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Farhod koʻchasi, 1a-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Farhod koʻchasi, 2a-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Farhod koʻchasi, 3a-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Farhod koʻchasi, 24-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi 14-mavze, 3-uy Xususiy mulk
Toshkent shahri Shayxontohur tumani
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Bogʻ koʻchasi, 1-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Bogʻ koʻchasi, 2-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Bogʻ koʻchasi, 3-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Bogʻ koʻchasi, 4-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Bogʻ koʻchasi, 17-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Bogʻ koʻchasi, 21-22-23-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Gulobod koʻchasi, 2-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Gulobod koʻchasi, 3-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Gulobod koʻchasi, 4-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Gulobod koʻchasi, 5-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Gulobod koʻchasi, 6-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Gulobod koʻchasi, 8-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Gulobod koʻchasi, 11-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Gulobod koʻchasi, 15-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Gulobod koʻchasi, 25-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Gulobod koʻchasi, 26-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Gulobod koʻchasi, 27-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Gulobod koʻchasi, 28-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Gulobod koʻchasi, 30-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Gulobod koʻchasi, 32-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Gulobod koʻchasi, 34-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Qoratosh koʻchasi, 103-104-105-106-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Asatulla koʻchasi, 1-2-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Chorsu koʻchasi, 4-6-10-12-13-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Samarqand darvoza koʻchasi, 1-2-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Olmazor darvoza koʻchasi, 2-uy Xususiy mulk
Toshkent shahri Yashnobod tumani
Obyekt nomi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Egalik shakli
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Ohangaron yoʻli koʻchasi, 24-21-17-14-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Tuzel koʻchasi, 52-52a-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Tuzel koʻchasi, 8-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Husayn Boyqaro koʻchasi, 39-uy Xususiy mulk
Mozaika kompozitsiyasi XX asrning 2-yarmi Husayn Boyqaro koʻchasi, 51-48-49-29-24-uy Xususiy mulk

Galereya

Tasvir Mavzu Muallifi Yaratilgan vaqti Joylashuvi Material
 
Mozaika Nikolay Jarskiy 1979-yil Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi 67/6-uy Keramika
 
Mozaika Pyotr Jarskiy 1978-yil Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi 69/2-uy Keramika
 
Bayram Drygin Vladimir Ivanovich 1972-yil Yakkasaroy tumani, Oʻrikzor 3-tor koʻcha Smalta
 
Mozaika Aleksandr Jarskiy 1990-yil Shayxontohur tumani, Qoratosh mahallasi Keramika
 
Osiyo Drygin Vladimir Ivanovich 1972-yil Yakkasaroy tumani, Oʻrikzor 3-tor koʻcha Smalta
 
Abstraktsiya Zaitsev Yuriy Dmitrievich 1977-yil Chilonzor tumani, „Xalqlar do‘stligi“ metro bekati Smalta
 
„Paxtakor“ metro bekati
Ornament, paxta Nikolay Jarskiy 1977-yil Shayxontohur tumani, „Paxtakor“ metro bekati Keramika
 
„Olmazor“ metro bekati
Yulduz, abstraktsiya Muallifi aniqlanmagan 1977-yil Chilonzor tumani, „Olmazor“ metro bekati Smalta
 
Abstraktsiya Ablin Evgeniy Mixaylovich 1977-yil Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi
 
„O‘zbekiston“ metro bekati
Gerb Buxarboev Abdumalik Abduqodirovich 1984-yil Chilonzor tumani Yarim qimmatbaho toshlar
 
Ornament Muallifi aniqlanmagan 1984-yil Olmazor tumani, Beruniy-B3 dahasi Keramika
 
Ornament Nikolay Jarskiy 1985-yil Yashnobod tumani, Tuzel-1 mavzesi Keramika
 
Ornament Nikolay Jarskiy 1985-yil Yashnobod tumani, Tuzel-1 mavzesi Keramika
 
Qanot Aleksandr Jarskiy 1986-yil Yashnobod tumani, Tuzel-2 mavzesi Keramika
 
„Novza“ metro bekati
Bayram, an’analar, odamlar Buxarboev Abdumalik Abduqodirovich 1977-yil Chilonzor tumani Yarim qimmatbaho toshlar
 
„Paxtakor“ metro bekati
Sport, inson, olov Burmakin Vladimir Ivanovich 1977-yil Shayxontohur tumani Smalta
 
Ornament Aleksandr Jarskiy 1984-yil Shayxontohur tumani, Chorsu mavzesi Keramika
 
„O‘zbekiston“ metro bekati
Paxta Buxarboev Abdumalik Abduqodirovich 1984-yil Chilonzor tumani Yarim qimmatbaho toshlar
 
„O‘zbekiston“ metro bekati
Kabutar Buxarboev Abdumalik Abduqodirovich 1984-yil Chilonzor tumani Yarim qimmatbaho toshlar
 
Mozaika Aleksandr Jarskiy 1990-yil Shayxontohur tumani, Qoratosh mahallasi Keramika
 
Mozaika Nikolay Jarskiy 1980-yil Chilonzor tumani, Olmazor mavzesi Keramika
 
Mozaika Nikolay Jarskiy 1979-yil Chilonzor tumani, Olmazor mavzesi Keramika
 
Mozaika Aleksandr Jarskiy 1985-yil Shayxontohur tumani, Kichik halqa yoʻli koʻchasi Keramika
 
Mozaika Aleksandr Jarskiy 1990-yil Shayxontohur tumani, Kichik halqa yoʻli koʻchasi Keramika
Yuqori