| Shahnoza Mirziyoyeva | |
|---|---|
![]() | |
| Oʻzbekiston ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari | |
| Mansab davri 2023-yil → hozirgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari | |
| Mansab davri 2024-yil martdan → hozirgacha | |
| Xalqaro suv sporti federatsiyasi ijroiya qoʻmitasi aʼzosi | |
| Mansab davri 2025-yil sentyabr → hozirgacha | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1986-yil 8-avgust ToshkentToshkent, Oʻzbekiston |
| Fuqaroligi | |
| Turmush oʻrtogʻi | Otabek Umarov |
| Onasi | Ziroat Mirziyoyeva |
| Otasi | Shavkat Mirziyoyev |
| Istiqomat joy(lar)i | Toshkent, Oʻzbekiston |
| Alma mater | A. I. Herzen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali (magistratura) |
| Dini | islom |
Shahnoza Shavkatovna Mirziyoyeva (1986-yil 8-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbek jamoat va davlat arbobi. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ikkinchi qizi.
Hayoti
Shahnoza Mirziyoyeva 1986-yil 8-avgustda Toshkentda tavallud topgan.
Faoliyati
- 2023-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
- 2024-yilda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan.
- 2025-yilda Xalqaro suv sporti federatsiyasi (World Aquatics) byurosi aʼzosi etib saylangan.
Shaxsiy hayoti
Shahnoza Mirziyoyeva oilali. Turmush oʻrtogʻi – Otabek Umarov. Ularning oilasi Oʻzbekistonda jamoat va sport tadbirlarida faol ishtirok etadi.
Turkumlar::
- 8-avgustda tugʻilganlar
- 1986-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Shavkat Mirziyoyev
