| Ikramov Adxam Ilxamovich | |
|---|---|
![]() | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri | |
| Mansab davri 2022-yil 18-fevraldan – 2022-yil 30-dekabrgacha, 2024-yil 10-yanvardan – hozirgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
| Vorisi | lavozim bekor qilingan |
| Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri | |
| Mansab davri 2022-yil 30-dekabrdan – 2024-yil 10-yanvargacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
| Vorisi | lavozim bekor qilingan |
| Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi | |
| Mansab davri 2017-yil 18-fevraldan – 2022-yil 18-fevralgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Alisher Shayxov |
| Vorisi | Davron Vahobov |
| Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri | |
| Mansab davri 2016-yil 16-dekabrdan – 2017-yil 18-fevralgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Anvar Alimov |
| Vorisi | Alisher Shodmonov |
| Mansab davri 2009-yil 25-apreldan – 2012-yil 7-avgustgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Feruz Nazirov |
| Vorisi | Anvar Alimov |
| Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari | |
| Mansab davri 2012-yil 7-avgustdan – 2016-yil 16-dekabrgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Abdulla Oripov |
| Vorisi | Aziz Abduhakimov |
| Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi | |
| Mansab davri 2016-yil 13-sentyabrdan – 2017-yil 18-fevralgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Sobirjon Roʻziyev |
| Vorisi | Rustam Shoabdurahmonov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1968-yil 20-dekabr Toshkent, OʻzSSR, SSRI |
| Mukofotlari | |
Ikromov Adham Ilhomovich – Oʻzbekistonlik shifokor va siyosatchi. 2024-yil 10-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri. 2022-yil fevraldan dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri, 2017-2022-yillarda Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi, 2009-yildan 2012-yilgacha va 2016-2017-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri, 2012-2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻribosari – aloqa, telekommunikatsiyalar, ijtimoiy soha, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat masalalari majmuasi rahbari lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2016-2017-yillarda Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi boʻlgan.
Biografiyasi
Adham Ikromov 1968-yil 20-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1986—1990-yillarda Leningrad harbiy tibbiyot akademiyasida, 1990—1992-yillarda esa Toshkent tibbiyot instituti magistraturasida tahsil olgan.
Mehnat faoliyati
1992—1994-yillarda V. Vohidov nomli tez tibbiy yordam markazi klinik ordinatori.
1994—1998-yillarda V. Vohidov nomli tez tibbiy yordam markazi jarrohi.
1998—2004-yillarda V. Vohidov nomli tez tibbiy yordam markazi kompyuter tomografiyasi boʻlimi boshligʻi.
2004—2007-yillarda V. Vohidov nomli tez tibbiy yordam markazi direktorining oʻrinbosari.
2007—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari.
2009—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri.
2012—2016-yillarda Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari – Madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza masalalari majmuasi rahbari.
2016—2017-yillarda Bosh vazir oʻrinbosari – Sogʻliqni saqlash vaziri, shu bilan birga Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi prezidenti boʻlgan.
2017-yil qisqa muddat Oʻzbekiston Prezidentining tashkiliy-kadrlar masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi birinchi oʻrinbosari va Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi Akademiyasi rektori boʻlgan.
2017—2022-yillarda Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi vazifalarida faoliyat olib borgan.
2022-yilda – Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri.
2022-yil 30-dekabrda Sport vazirligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil etildi, Ikromov Yoshlar siyosati va sport vaziri vazifasida ishladi.
2024-yil 10-yanvarda Yoshlar siyosati va sport vazirligi qaytadan Sport vazirligiga aylantirildi. Ikromov vazir lavozimini oʻzida saqlab qoldi.
Mukofotlari
- 2018-yilda Mehnat shuhrati ordeni berilgan.
- 2011-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni berilgan.
- 2024-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi faxriy unvoni berilgan.
- 20-dekabrda tugʻilganlar
- 1968-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimlari
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirlari
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston sport vazirlari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar
