Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mayk Peterson Maignan ((talaffuzi: Mayk Petrson Meynen)1995-yil 3-iyulda tugʻilgan) – fransuz professional futbolchisi, A Seriyaning „Milan“ klubi va Fransiya t

Mike Maignan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mike Maignan (talaffuzi: Mayk Meynen)
Maynyan 2022-yilda AC Milan jamoasida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mike Peterson Maignan
Tavallud sanasi 1995-yil 3-iyul (1995-07-03) (30 yosh)
Tavallud joyi Cayenne, Fransiya
Boʻyi 1.91 m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
AC Milan
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2009 Villiers le Bel JS
2009—2015 Paris Saint-Germain
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2015 Paris Saint-Germain B 42 (0)
2015—2017 Lille II 10 (0)
2015—2021 Lille 149 (0)
2021— AC Milan 105 (0)
Milliy terma jamoa
2010—2011 Fransiya U16 10 (0)
2011—2012 Fransiya U17 12 (0)
2012—2013 Fransiya U18 5 (0)
2013 Fransiya U19 3 (0)
2014 Fransiya U20 1 (0)
2015—2016 Fransiya U21 6 (0)
2020— Fransiya 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Mayk Peterson Maignan ((talaffuzi: Mayk Petrson Meynen)1995-yil 3-iyulda tugʻilgan) – fransuz professional futbolchisi, A Seriyaning „Milan“ klubi va Fransiya terma jamoasi tarkibida darvozabon sifatida harakat qiladi.

Maignan PSJdagi yoshlar jamoasi orqali professional futbolga kirib kelgan. U bir necha marta zahirada futbolchisi sifatida jamoa tarkibida boʻlgan, lekin, maydonda harakat qilmagan. 2015-yilda u 1 million yevro evaziga „Lill“ jamoasi tarkibiga kelib qoʻshiladi va 2017-yilda ularning birinchi darvozaboni sifatida maydonda harakat qiladi boshlaydi. U 2018-19-yilgi mavsumda Liga 1da yilning eng yaxshi darvozaboni deb topiladi va 2020-21-yilda ligada „Lill“ bilan birgalikda chempionlikini qoʻlga kiritadi.

Dastlabki yillar

Maignan fransuz Gvianasining Kayen shahrida tugʻilgan. Onasi gaitilik, otasi esa fransuz.

Klublardagi faoliyati

Paris Saint-Germain (Paris Sen-Jermen)

Maignan 2013-yilda asosiy jamoaga koʻtarilgunga qadar Parijning quyi toifalarida harakat qilgan. U 2013-14-yilgi UEFA Yoshlar ligasida ishtirok etgan. Uning jamoasi chorak finalga qadar yetib borgan va „Real Madrid“ yoshlar jamoasi tomonidan turnirdan chiqarib yuborilgan.

2013-yil iyun oyida Maignan oʻzining uch yillik professional shartnomasini imzoladi 18-dekabr kuni u birinchi marta oʻyin kunida maydonga tushdi. Oʻsha kungi oʻyinda jamoa Coupe de la Ligueʼning 1/8 finalida „Saint- Etyen“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. 2014-yil 19-yanvarda u birinchi marta Liga 1 oʻyiniga kiritildi, Salvatore Sirigu „Parc des Princes“da Nant ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonganligi sababli maydonga tushirilmadi.

Lill safida

2015-yilning avgustida Maignan 5 yillik shartnoma asosida 1 million yevro evaziga Liga 1 jamoasi „Lill“ga oʻtdi. U professional debyutini 18-sentabr kuni „Renn“da boʻlib oʻtgan uchrashuvda (1:1) Yassine Benzia oʻrniga maydonga tushdi va Vinsent Enyeama 69-daqiqada chetlatildi. Birinchi teginish bilan u Pol-Jorj Ntepdan penaltini qaytardi; ammo besh daqiqa ichida u oʻsha futbolchidan gol oʻtkazib yubordi.

2017—18-yilgi mavsum boshida murabbiy Marselo Bielsa tajribali Enyeamaʼni Maignan oʻrniga oʻynata boshladi. Mavsumning ikkinchi oʻyinida, Strasburgda 3:0 hisobida magʻlub boʻlganida, u toʻpni raqibga tashlagani uchun maydondan chetlatilgan va raqib jamoa hujumchisi Nikolas de Previl oxirgi daqiqalarda darvozani ishgʻol qilish imkoniga ega boʻlgandi. Keyingi mavsumda u doimo asosiy tarkibda boʻldi, chunki „Lill“ PSJdan soʻng ikkinchi oʻrinni egalladi. Maignan Trophées UNFP du football musobaqasida yilning eng yaxshi darvozaboni deya eʼtirof etildi. Uning rekordi – oʻtkazib yuborilgan 30 ta gol, 17 quruq oʻyin, 233 ta seyv va 3 ta penalti seyvidan iborat edi.

2020—21-yilgi mavsumda Maignan oxirgi kuni oʻzining sobiq jamoasi PSJni bir ochkoga magʻlub etib, Liga 1 chempionligini qoʻlga kiritdi. Maignan mavsumni 21ta oʻyinda oʻz darvozasi daxlsizligi bilan yakunladi, bu liga rekordidan bitta kam natija hisoblanardi.

AC Milan

2021-yil 27-may kuni Maignan A Seriya klubi „Milan“ bilan 1-iyuldan boshlab besh yillik shartnoma imzolashga rozi boʻldi. U 23-avgust kuni „Sampdoriya“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan holda oʻz debyutini nishonladi.

19-sentyabr kuni „Juventus“ ga qarshi liga oʻyinida, Maignan „Yuventus“ muxlisi tomonidan irqiy haqorat qurboni boʻldi. Keyinchalik Maignan „qora tanli ekanligidan gʻururlanishini“ taʼkidlab oʻtdi. Keyinchalik uni tahqirlagan muxlis aniqlandi va politsiyaga xabar berildi. Ushbu shaxs voqeadan soʻng „Juventus“ fan-klubi boʻlgan „Yuventus Castagnaro“ aʼzosi boʻlganligi ochiqlandi.

13-oktyabr kuni u chap bilak jarohatidan operatsiya qilindi va u 10 haftaga safdan chiqishi kutilgandi, biroq u atigi 6 haftadan soʻng maydonga qaytdi.

2022-yilning 5-fevralida u „Inter“ga qarshi oʻyinda muhim seyvlarni amalga oshirib, jamoasiga tor derbida 2:1 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. 13-fevralda u „Sampdoriya“ga qarshi oʻyinda (1:0) Rafael Leaoning goliga assistentlik qildi, bu „Milan“ darvozaboni tomonidan amalga oshirilgan (2006-yilda Didadan beri) A Seriyadagi birinchi golli uzatma boʻldi. Mavsumning soʻnggi oʻyini oldidan Maignan A Seriyada „Eng yaxshi darvozabon“ sovrini bilan taqdirlandi. 22-may kuni „Sassuolo“ ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan „Milan“ 2011-yildan buyon birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritdi, bu Maignan uchun joriy mavsumdagi oʻn yettinchi quruq (golsiz) oʻyin boʻldi. Bu mavsum A Seriya darvozabonlari orasida eng yuqori koʻrsatkich edi.

Xalqaro maydonlarda

Maignan Fransiya uchun 16 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan barcha darajadagi oʻyinlarda oʻynagan. U 2012-yili Sloveniyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 17 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasini sardorlik qilgan. U 2019-yilning may oyida Turkiya va Andorraga qarshi UEFA Yevro 2020 saralash oʻyinlari va Boliviya bilan oʻrtoqlik oʻyinlari oldidan birinchi marta chaqiruv oldi. U 2020-yilning 7-oktyabr kuni Ukrainaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Stiv Mandandaning oʻrniga yarimta oʻyinda maydonga tushdi va u „Stad de Frans“da 7:1 hisobida gʻalaba qozondi. 2021-yilning may oyida u kechiktirilgan Yevro-2020 finaliga chaqirildi.

Faoliyat statistikasi

Klublarda

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Paris Saint-Germain B 2012-13 CFA 2 0 2 0
2013-14 CFA 19 0 19 0
2014-15 CFA 21 0 21 0
Umumiy 42 0 42 0
Lille II 2015-16 CFA 2 8 0 8 0
2016-17 CFA 2 0 2 0
Umumiy 10 0 10 0
Lille 2015-16 Ligue 1 4 0 0 0 1 0 5 0
2016-17 Ligue 1 7 0 4 0 1 0 12 0
2017-18 Ligue 1 34 0 1 0 1 0 36 0
2018-19 Ligue 1 38 0 3 0 1 0 42 0
2019-20 Ligue 1 28 0 3 0 0 0 6 0 37 0
2020-21 Ligue 1 38 0 2 0 8 0 48 0
Umumiy 149 0 13 0 4 0 14 0 180 0
AC Milan 2021-22 Serie A 32 0 4 0 3 0 39 0
Umumiy faoliyat 233 0 17 0 4 0 17 0 271 0

Xalqaro maydonlarda

Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Fransiya 2020-yil 1 0
2021-yil 0 0
2022-yil 3 0
Jami 4 0

Yutuqlar

Lille

  • Ligue 1 chempionligi: 2020-21-yilgi mavsum.

AC Milan

  • A Seriya skudettosi egaligi: 2021-22-yilgi mavsum.

Fransiya terma jamoasi bilan

  • UEFA Millatlar ligasi : 2020-21-yilgi mavsumda.

Shaxsiy sovrinlar

  • UNFP Ligue 1 yilning eng yaxshi darvozaboni : 2018-19-yilgi mavsum;
  • UNFP Ligue 1 yilning eng yaxshi jamoasi : 2018-19-yilgi mavsum;
  • Seria A'ning eng yaxshi darvozaboni : 2021-22-yilgi mavsum.
Yuqori