Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Zafarobod — Jizzax viloyatidagi shahar (1973-yildan). Zafarobod tumanining maʼmuriy markaziga 1973-yillar boshida Mirzachoʻl va Jizzax choʻllarini oʻzlashtirish

Zafarobod (shaharcha)

Vikipediya, erkin ensiklopediya


Zafarobod — Jizzax viloyatidagi shahar (1973-yildan). Zafarobod tumanining maʼmuriy markaziga 1973-yillar boshida Mirzachoʻl va Jizzax choʻllarini oʻzlashtirish avj olgan davrda asos solingan, 1973 yildan tuman markazi boʻlib kelgan. Maydon 25.000 km². Aholisi 50.000 kishi (2020). Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi — Paxtakor shahargacha 18 km, Jizzax shahrigacha 42 km. Zafaroboddan Jizzax shahriga Paxtakor, Arnasoy, Forish tumanlariga olib boruvchi avtomobil yoʻllari qurilgan.

Zafarobodda paxta tozalash zavodi, elektrod ishlab chiqaruvchi kichik korxonasi, bosmaxona, novvoyxona ega. Avtotransport, mashinatraktor xizmati koʻrsatish, gazlashtirish korxonalari, avtomobil yoʻllari boshqarmasi, kommunal va maishiy xizmat koʻrsatish tarmoqlari faoliyat koʻrsatadi.

Zafarobodda tuman hokimligi binosi, supermarket, „Otaxonlar“ choyxonasi, „Paxtabank“, MKB, Agrobank, Xalq banki, Ipoteka bank, SQB, QQB, Hamkor banki va 2 ta mumiy taʼlim maktabi, tarix muzeyi, madaniyat saroyi, dehqon bozori, kutubxona, 100 oʻrinli kasalxona, poliklinika, avtostansiyalari mavjud. Xotira xiyoboni, Mustaqillik maydoni barpo etilgan.

Yuqori