| Hibatullah AkhundzadaHibatullah Akhundzada | |
|---|---|
{{{asl ismi}}}هبت الله اخوندزادہ | |
![]() | |
| Afgʻoniston Oliy rahbari | |
| Bosh vazir | Hasan Akhund |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1967-yil 19-oktyabr Panjwayi District, Kandahar Province, Afghanistan |
| Istiqomat joy(lar)i | Kandahar |
| Harbiy xizmatlari | |
| Janglari |
|
Mavlaviy Haybatulloh Oxundzoda (pushtucha: هیبت الله آخندزاده) — afgʻon diniy va siyosiy arbobi, ilohiyotchi, 2016-yildan „Tolibon“ islomchilik harakatining yetakchisi. 2021-yil 15-avgustdan de-fakto Afgʻoniston davlat rahbari.
Tarjimai holi
Haybatulloh Oxundzoda 1961-yil 7-iyunda Afgʻoniston qirolligi Qandahor viloyati Panjvayi tumanida tugʻilgan. Pushtunlarning Nurzay qabilasiga mansub. Kambagʻal dindor oila farzandi. Otasi — mulla Muhammad Oxund oʻz qishlogʻida tanilgan ilohiyotchi va mahalliy masjidda imom boʻlgan. U faqatgina diniy faoliyat bilan shugʻullangan, oʻz yeriga ega boʻlmagan va oilasini zakot va sadaqaga tushgan pul hamda mevalar evaziga boqqan. Haybatulloh Oxundzoda ilk diniy taʼlimni oʻz otasidan olgan. Afgʻonistondagi 1979-yilgi urush vaqtida 18 yoshli Haybatulloh oilasi bilan Pokistonning Afgʻoniston bilan chegaragasi yaqin boʻlgan Kvetta shahriga borib yashaydi. U yerda diniy taʼlimni davom ettirib, natijada madrasalardan biriga boshliq boʻladi.
1980-yillarda Afgʻoniston demokratik respublikasiga kelib, u yerdagi mujohidlar safida shoʻro harbiylariga qarshi jang qiladi. 1994-yil endigina tuzilgan „Tolibon“ harakatiga qoʻshiladi.
Izohlar
- Birth year is disputed and ranges from 1959 to 1961, the ICC places his birth date on either 19 or 20 October 1967
- 19-oktyabrda tugʻilganlar
- 1967-yilda tugʻilganlar
- Haybatulloh Oxundzoda
- Yashayotgan insonlar
- Qandahor viloyati kishilari
- 21-asr afgʻon siyosatchilari
- Pushtun millatchilari
- Pushtunlar
- Shariat qozilari
- Pokistondagi afgʻonistonlik muhojirlar
- Afgʻonistonning oliy rahbarlari
- Tolibon yetakchilari
- Totalitarizm
- Xalqaro Jinoyat Sudi tomonidan qidirilayotgan qochqinlar
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar
