Abdulla Qurbonov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | Abdulla Akbarovich Qurbonov 1976-yil 2-sentyabr Toshkent viloyati |
| Janrlar | Pop musiqa |
| Kasbi | Xonanda, aktyor |
| Faoliyat yillari | 1991-yildan hozirgacha |
| Fuqaroligi | |
Abdulla Qurbonov (2-sentyabr 1976-yil) — oʻzbek xonandasi va kinoaktyori.
Hayoti
Abdulla Akbarovich Qurbonov 1976-yil 2-sentyabrda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Otasi Akbar Qurbonov novvoy boʻlgan. Uning 10 nafar (9 oʻgʻil va 1 qiz) farzandi boʻlgan.
Abdulla Qurbonovning ilk chiqishlaridan biri 1987-yilda akasi Doniyor Qurbonovning to‘yida boʻlib oʻtadi. Toʻylardagi chiqishlarining birida u Muhriddin Xoliqovga shogirtlikka tushadi.
Abdulla Qurbonov 1990–1991-yillarda oʻzbek xonandasi Botir Zokirov ijodiga bagʻishlangan vokal tanlovida “Arab tangosi” qoʻshigʻini ijro etib Farruh Zokirov eʼtiboriga tushadi va Moskvada Yalla guruhining konsertida ishtirok etadi.
Qamoqqa olinishi
2013-yil 16-fevralda qoʻshiqchining ichki ishlar boshqarmasida bezorilik qilayotgani haqidagi video YouTubeda paydo boʻldi. Qurbonovning soʻzlariga koʻra u Boʻstonliqdagi toʻydan keyin kafega borib, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan vajanjalda qatnashgan hamda 10 kunga qamatilgan.
Litsenziyasi bekor qilinishi
2013-yil 26-fevralida Oʻzbeknavo estrada birlashmasi Abdulla Qurbonovga berilgan litsenziya bitimda nazarda tutilgan shart va talablarni muntazam buzgani uchun bekor qilinishi haqida rasmiy bildirish tarqatdi.
Ijodi
Aktyorlik faoliyat
| Yil | Film | Rol | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2010 | Sogʻinch | Tergovchi | |
| 2013 | Yor-yor qani? | Oʻzi | |
- 2-sentyabrda tugʻilganlar
- 1976-yilda tugʻilganlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar
