Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Krisztián Tóth (tugʻ. 1994-yil 1-may, Darmstadt, Hessen, Germaniya) — vengriyalik dzudochi, 90 kg vazn toifasida, Vengriya terma jamoasi aʼzosi. Vengriya chempi

Krisztián Tóth

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Krisztián Tóth
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Vengriya bayrogʻi Vengriya
Tavallud sanasi 1994-yil 1-may (1994-05-01) (32 yosh)
Darmstadt, Hessen, Germaniya
Vazni 90 kg
Sport
Qaysi sport dzyudo
Sport mukofotlari
Yozgi Olimpiada oʻyinlari
BronzaTokio 202090 kg
Dzyudo boʻyicha Jahon chempionati
KumushChelyabinsk 201490 kg
BronzaBudapesht 202190 kg
Dzyudo boʻyicha Yevropa chempionati
BronzaMontpellier 201490 kg
KumushQozon 201690 kg
BronzaLissabon 202190 kg
Universiada
BronzaNeapol 201990 kg

Krisztián Tóth (tugʻ. 1994-yil 1-may, Darmstadt, Hessen, Germaniya) — vengriyalik dzudochi, 90 kg vazn toifasida, Vengriya terma jamoasi aʼzosi. Vengriya chempioni, Yozgi Universiada, Yevropa va Jahon chempionatlari sovrindori. 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchi va 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori.

Faoliyati

1994-yil 1-mayda Darmstadtda (Hessen) tugʻilgan. Oʻrta vazn toifasida (90 kg gacha) ishtirok etadi. 2008-yilda kadetlar oʻrtasida Vengriyaning kumush medali va 2009-2010-yillarda chempioni. 2010-2011-yillarda oʻsmirlar oʻrtasidagi Vengriya chempionati gʻolibi. 2012-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Vengriya chempionati gʻolibi. Ketma-ket besh marta (2011-2015) kattalar oʻrtasida Vengriya chempioni boʻldi. Nufuzli xalqaro turnirlarning koʻp karra gʻolibi va sovrindori. 2019-yilda Neapolda (Italiya) boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Yozgi Universiada bronza medali sovrindori. Yevropa chempionatining bronza (2014) va kumush (2016) sovrindori. 2014-yilda Chelyabinskda (Rossiya) boʻlib oʻtgan Jahon chempionatining kumush medali sovrindori.

2016-yilda Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Olimpiadada u birinchi bahsda keniyalik magʻlub etdi, Ikkinchisida u xitoylik dzyudochi Cheng Xunzhaoga yutqazib qoʻydi va yakuniy 9-oʻrinni egallab, keyingi jangni tark etdi.

2021-yilda Lissabonda (Portugaliya) boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 90 kg vazn toifasida vengriyalik sportchi turnirning bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2021-yilda Budapeshtda (Vengriya) boʻlib oʻtgan Olimpiya oldidan Jahon chempionatida venger uchinchi oʻrin uchun kurashda mongoliyalik sportchi Gantulgin Altanbaganni magʻlub etib, 90 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 90 kg gacha vazn toifasida u bronza uchun kurashda rossiyalik dzyudochi Mikhail Igolnikovni.

Yuqori