Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Rúben dos Santos Gato Alves Dias (talaffuzi: Ruben dos Santos Gato Alves Dias; 1997-yil 14-mayda Portugaliyada tugʻilgan) — portugaliyalik futbolchi, „Mancheste

Rúben Dias

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rúben Dias
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rúben dos Santos Gato Alves Dias
Tavallud sanasi 1997-yil 14-may (1997-05-14) (29 yosh)
Tavallud joyi Amadora, Portugaliya
Boʻyi 1.87 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester City
Raqami 3
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006—2008 Estrela da Amadora
2008—2015 Benfica

Rúben dos Santos Gato Alves Dias (talaffuzi: Ruben dos Santos Gato Alves Dias; 1997-yil 14-mayda Portugaliyada tugʻilgan) — portugaliyalik futbolchi, „Manchester City“ futbol klubi va Portugaliya terma jamoasi himoyachisi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi. Dias „Estrela da Amadora“ va „Benfica“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Xalqaro faoliyati

2014-yilda Rúben Dias yoshlar jamoasi tarkibida Maltada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Rúben Dias Shotlandiya, Shveysariya, Germaniya va Angliyaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2016-yilda Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Rúben Dias Germaniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Rúben Dias Avstriya, Germaniya va Italiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2017-yilda Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Rúben Dias Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Rúben Dias Zambiya, Kosta-Rika, Janubiy Koreya va Urugvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2018-yilning 28-may kuni Rúben Dias Portugaliya terma jamoasi safida Tunisga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. Oʻsha yili Rúben Dias Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Ammo Turnirda Rúben zaxiradan maydonga tushmagan.

Statistika

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
S. L. Benfica „B“Portugaliya bayrogʻi Portugaliya 2015—2016 26 0 26 0
2016—2017 28 0 28 0
2017—2018 1 0 1 0
Jami 55 0 0 0 0 0 55 0
S. L. BenficaPortugaliya bayrogʻi Portugaliya 2017—2018 24 3 4 1 2 0 30 4
2018—2019 32 3 8 0 15 1 55 4
2019—2020 33 2 8 0 8 1 49 3
2020—2021 2 1 0 0 1 0 3 1
Jami 91 9 20 1 26 2 137 12
Manchester City F. C.Angliya bayrogʻi Angliya 2020—2021 32 1 7 0 11 0 50 1
2021—2022 29 2 3 0 8 0 40 2
2022—2023 12 0 2 0 5 1 19 1
Jami 73 3 12 0 24 1 109 4
Umumiy faoliyatida 219 12 32 1 50 3 301 16
Yuqori