![]() | |||
| Toʻliq nomi | Toshkentning „Lokomotiv BFK“ futbol klubi | ||
|---|---|---|---|
| Laqabi | Temiryoʻl ishchilari | ||
| Asos solingan | 2003-yil | ||
| Stadioni | Toshkent FA stadioni | ||
| Sigʻimi | |||
| Egasi | Oʻzbekiston temir yoʻllari | ||
| Bosh direktor | Muslim Pirmuhammedov | ||
| Bosh murabbiy | Shahboz Tojiyev | ||
| Liga | Oʻzbekiston Birinchi ligasi | ||
| |||
Lokomotiv BFK, toʻliq nomi Lokomotiv bolalar futbol klubi — Oʻzbekiston futbol jamoasi, Oʻzbekiston birinchi ligasi ishtirokchisi.
Tarixi
2003—2005-yillarda „Lokomotiv-2“ nomi bilan faoliyat koʻrsatgan. 2006-yildan shu kungacha hozirgi nomda. Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasida debyut qilgan. 2011-yilda Toshkentning "Lokomotiv" klubi birinchi ligaga tushib ketgani uchun Ikkinchi ligaga oʻtkazilgan. Endilikda „Lokomotiv BFK“ Oʻzbekiston Pro-Ligasida (mamlakat futbol divizioni darajasi va ahamiyati boʻyicha 2-oʻrin) oʻynamoqda, unda 2018-yilgi mavsum yakunlariga koʻra soʻnggi, 9-oʻrinni egallagan. U uy uchrashuvlarini 6000 tomoshabinga moʻljallangan stadionida oʻtkazadi. 2006 va 2012-yilda Oʻzbekiston ikkinchi ligasi final bosqichining A guruhi gʻolibi boʻlgan. 2010-yilda Oʻzbekiston Birinchi ligasida 6-oʻrinni egallagan.
- Alifbo boʻyicha futbol klublari
- Oʻzbekiston futbol klublari
- Birinchi liga jamoalari
- 2003-yilda tashkil etilgan futbol klublari
- 2003-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar
