Andrey Gennadyevich Miklyayev 1967-yil 7-sentabrda Toshkentda tugʻilgan oʻzbek futbolchisi, himoyachi va yarimhimoyachi. Hozirgi kunda murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanadi. 2019-yildan buyon “Surxon” (Termiz) klubi bosh murabbiyi.
Karyerasi
Futbolchilik faoliyati
Andrey Miklyayev Toshkentning “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U shu klubning futbol akademiyasida tahsil olgan. 1984-yilda Miklyayev oʻzining professional faoliyatini aynan shu klub tarkibida boshlagan. 1987-yilda Kiyevning “SKA” va Moskvaning “SSKA” klublarida oʻynagan.
1980-yillar oxirida Miklyayev “Paxtakor”ga qaytgan. 1991-1994-yillarda Fargʻonaning “Neftchi” jamoasida toʻp surgan va ushbu klub safida 116 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan. 1990-yillarning ikkinchi yarmida “Paxtakor”, “Politotdel” va “Nasaf” klublarida oʻynagan. 2000-2001-yillarda Bekobodning “Metallurg” jamoasida toʻp surgan va 2001-yilda futbolchilik faoliyatini shu klub tarkibida yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati
Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan bir yil oʻtib, 2002-yilda Toshkentning “NBU-Osiyo” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Ikki mavsum shu klubda ishlagan va 2004-yili “Lokomotiv”ga oʻtib, Toshkent temiryoʻlchilariga rahbarlik qilgan. 2005-2007-yillarda Zarafshonning “Qizilqum” jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan. 2008-2010-yillarda Toshkentning “Lokomotiv” klubi sport direktori lavozimida ishlagan. 2010-yilda bir muddat “Lokomotiv” bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. 2011-yilda Olmaliqning murabbiylar shtabida ishlagan. 2012-yilda “Lokomotiv”ga qaytib, jamoa murabbiylar shtabi a’zoligiga kirgan. 2015-yilda yana bir muddat “Lokomotiv” bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. 2016-yilning yanvaridan 2018-yilning apreliga qadar ushbu klubda bosh murabbiy boʻlgan.
- 7-sentyabrda tugʻilganlar
- 1967-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- SSSR erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Doʻstlik Toshkent futbolchilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Metallurg Bekobod klubi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Surxon murabbiylari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi murabbiylari
- NBU-Osiyo futbol klubi murabbiylari