| Maryam Ixtiyorova | |
|---|---|
| Tavalludi | 21-aprel 1939-yil |
| Vafoti | 22-mart 2022-yil (82 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Aktyor |
| Faoliyat yillari | 1959 – 2022 |
| Mukofotlari | |
Maryam Ixtiyorova (1939-yil 21-aprel, Xorazm viloyati, Yangibozor tumani; 2022-yil 22-mart, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963). 1959-yildan Muqimiy teatrining aktrisasi. Eng yaxshi rollari: Muhabbat („Ikki bilaguzuk“), Nursuluv („Jon qizlar“), Karomat („Toshbolta oshiq“), Halima („Halima“), Obidaxon („Muqimiy“), Xolisxon („Xolisxon“), Mengli („Mahtumquli“), Jumagul („Qoraqalpoq qizi“), Xonuma („Xonuma xonim“), Rayhona („Toʻydan oldin tomosha“), Qutlugʻnigor („Har kimki jafo qilsa“), Omina („Ibrohim Alayhissalom tavalludlari“), Zubayra („Kuyovlar konkursi“), Qaynona („Super qaynona“) va boshqalar. „Koʻngil koʻchalari“ videofilmidagi Gulsanam roli bilan yanada elga tanildi. Ixtiyorova lirik va xarakterli rollar ustasi, hajviy rollarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan. Samimiyat, hayotiy talqin, sahna harakatlarining aniqligi Ixtiyorova ijodiga xos.
- 21-aprelda tugʻilganlar
- 1939-yilda tugʻilganlar
- Yangibozor tumanida tugʻilganlar
- 22-martda vafot etganlar
- 2022-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oʻzbekiston xalq artistlari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Aktyorlar haqidagi chala maqolalar
- Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston teatrlarining aktyor va aktrisalari