Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Asal Saparboeva Littos taxallusi bilan tanilgan (1994-yil 7-fevralda tugʻilgan) – oʻzbek sobiq badiiy gimnastikachisi va Oʻzbekiston milliy olimpiya terma jamoa

Asal Saparboeva

Vikipediyada ismi Asal va familiyasi Saparboeva boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Asal Saparboeva Littos taxallusi bilan tanilgan (1994-yil 7-fevralda tugʻilgan) – oʻzbek sobiq badiiy gimnastikachisi va Oʻzbekiston milliy olimpiya terma jamoasi aʼzosi. 2014-yilgi Osiyo oʻyinlari va 2014-yilda Portugaliyada boʻlib oʻtgan FIG Jahon kubogi bronza medali sovrindori. U 2010- va 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida, Gimnastika boʻyicha Janubiy Markaziy Osiyo chempionatining Dhaka-2011 va badiiy gimnastika boʻyicha 2014-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori.

Asal Saparbaeva

Asal Saparboeva 2010-yilda 17-Internationaux de France de gymnastique artistique musobaqasida saralash bosqichida.
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Tavallud paytidagi ismi Saparbaeva Asal Saparbaevna
Taxallusi/Laqabi Littos
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1994-yil 7-fevral (1994-02-07) (32 yosh)
Samarqand, Oʻzbekiston
Boʻyi 153 sm
Vazni 43 kg
Sport
Qaysi sport Gimnastika
Murabbiy(lar)i Oksana Chusovitina
Medal soni
Gimnastika
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston vakili
Osiyo oʻyinlari
Bronza2010 GuangzhouJamoaviy
2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida gimnastika
Oltin2011 DhakaFloor
Oltin2011 DhakaBalance Beam
FIG World Cup
BronzaWorld Challenge Cup

Gimnastika karyerasi

5 yoshdan 21 yoshgacha u professional ravishda gimnastika bilan shugʻullangan. 2007–yildan buyon Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Shu paytdan boshlab u xorijga yirik xalqaro musobaqalarga sayohat qila boshladi va Oʻzbekiston sharafi uchun kurasha boshladi. Koʻp karra Oʻzbekiston chempioni, 2010-yil Xitoy, Guanchjoudagi Osiyo oʻyinlari bronza medali sovrindori, 2011-yilda Dhakadagi Markaziy va Janubiy Osiyo oʻyinlari chempioni va 2014-yil Portugaliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori.

2010–yilgi Osiyo oʻyinlari Guanjou, Xitoy.

Medal Nomi Sport Turi Sana
 Bronza Asal Saparbaeva Badiiy Gimnastika Ayollar Badiiy Gimnastikasi 17–Noyabr

2011–yil Badiiy gimnastika boʻyicha 4-Markaziy va Janubiy Osiyo chempionati

Medal Ism Sport Turi Sana
 Oltin Asal Saparbaeva Badiiy Gimnastika Ayollar Badiiy Gimnastikasi 30–Oktyabr

2014–yilgi FIG Badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi

Medal Ism Sport Turi Sana
 Bronza Asal Saparbaeva Badiiy Gimnastika Ayollar Badiiy Gimnastikasi 1–Iyun

Shaxsiy hayoti

Asal Saparboeva Nikolenko Yaroslav bilan oila qurgan.

Taʼlimi

2005-2013–yillarda Respublika olimpiya zaxiralari kollejida tahsil olgan. 2013-2017–yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida tahsil olgan.

Yuqori