Futbolda treblga klub bir mavsumda uchta kubokni qoʻlga kiritganda erishiladi. Qitʼa trebli klubning yuqori darajadagi ichki liga musobaqasida, asosiy ichki kubok musobaqasida va asosiy qitʼa kubogida gʻalaba qozonishni oʻz ichiga oladi. Yevropa ligasining ikkinchi darajali qitʼa kubogini qoʻlga kiritish ham qitʼa trebli sifatida tasvirlangan boʻlsa-da, u keng miqyosda qabul qilinmagan. Ichki trebl uchta milliy musobaqada gʻalaba qozonishni oʻz ichiga oladi – liga chempioni, asosiy kubok musobaqasi va ikkilamchi kubok kabi bitta ikkilamchi musobaqa.

Bitta oʻyin yoki ikki oʻyindan iborat musobaqalar odatda treblning bir qismi hisoblanmaydi (masalan, FA Community Shield, Supercopa de España, Supercoppa Italiana, Trophée des Champions, DFL-Supercup, UEFA Superkubogi, Recopa Sudamericana, FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati, Qitʼalararo kubok va boshqalar).
Qitʼa trebli
Ushbu roʻyxatga asosiy qitʼa turniridan tashqari, oʻz mamlakatining yuqori ligasi va asosiy kubok musobaqasida gʻolib chiqqan klublar kiradi. Yaponiyaning Tokio Verdi va Ispaniyaning Barselona klublari erkaklar va ayollar oʻrtasida qitʼa treblini qoʻlga kiritgan yagona klublar boʻlib, mos ravishda 2019 va 2021-yillarda muvaffaqiyatga erishgan. Barselona erkaklar va ayollar jamoasi bilan bir nechta treblni qoʻlga kiritgan yagona klub boʻlib, 2024-yilda muvaffaqiyatga erishgan.
Erkaklar futbolida
22 ta erkaklar klubi jami 30 ta trebl qayd etgan. Birinchisi 1967-yil may oyida Shotlandiyaning Celtic, keyin esa 1967-yil noyabr oyida oʻsha paytdagi Kongo Respublikasining TP Mazembe (oʻsha paytda FC Englebert nomi bilan tanilgan) jamoasi qoʻlga kiritgan. Yevropa jamoalari umumiy hisobda eng koʻp qitʼaviy trebllarni qayd etgan(10 ta) va sakkizta Yevropa klublari trebl qayt eta olgan. Bir nechta jamoasi qitʼa treblini qoʻlga kiritgan davlatlar safiga Meksika, Yangi Zelandiya, Angliya va Niderlandiya kiradi, har birida ikkita jamoa bu natijaga erishgan.
Janubiy Amerikaning hech bir jamoasi yuqoridagi shartlar bilan muvaffaqiyatga erisha olmagan, bu esa uni qitʼa trebl gʻolibiga ega boʻlmagan yagona qitʼaga aylantiradi. Bir nechta Braziliya jamoalari Campeonato Brasileiro A Seriyasi, ularning shtat chempionati, Braziliya kubogi va hozirda tugatilgan Taça Braziliya, shuningdek, Libertadores kubogining kombinatsiyasini qoʻlga kiritganlar, ammo hech qachon A Seriya, Braziliya kubogi va Libertadores kubogida bir vaqtda gʻalaba qozonmaganlar.
Beshta erkaklar klubi ikki yoki undan ortiq marta qitʼa treblini qoʻlga kiritgan: Misrning Al Ahly jamoasi, Yangi Zelandiyaning Auckland City klubi, Ispaniyaning Barselonasi, Germaniyaning Bavariyasi va Meksikaning Cruz Azul klublari. Al Ahly va Auckland City ikkitadan ortiq qitʼa trebllariga ega boʻlgan yagona jamoalar boʻlib, ikkalasi ham toʻrt marta trebl qayd etgan. Auckland City bu natijaga birinchi boʻlib erishdi va 2015-yilda uchinchi va 2022-yilda toʻrtinchi treblni qoʻlga kiritdi.
| Qitʼa | Klub | Davlat | Trebl soni | Mavsum | Kuboklar | Manbalar |
|---|---|---|---|---|---|---|
| AFC | Yomiuri | 1 | 1987 | Japanese First Division, Emperor's Cup, Asian Club Championship | ||
| Al Hilal | 1 | 2019-20 | Saudi Professional League, Kingʻs Cup, AFC Champions League | |||
| CAF | Al Ahly | 4 | 2005-06, 2006-07, 2019-20, 2022-23 | Egyptian Premier League, Egypt Cup, CAF Champions League | ||
| Englebert | 1 | 1967 | Linafoot, Coupe du Congo, African Cup of Champions | |||
| Vita Club | 1 | 1973 | Linafoot, Coupe du Congo, African Cup of Champions | |||
| MC Alger | 1 | 1976 | Algerian Championnat National, Algerian Cup, African Cup of Champions | |||
| Hearts of Oak | 1 | 2000 | Ghana Premier League, Ghanaian FA Cup, CAF Champions League | |||
| Espérance Tunis | 1 | 2011 | Tunisian Ligue Professionnelle 1, Tunisian Cup, CAF Champions League | |||
| CONCACAF | Cruz Azul | 2 | 1969, 1997 | Mexican Primera División, Copa México, CONCACAF Champions' Cup | ||
| Defence Force | 1 | 1985 | National League, Trinidad and Tobago Cup, CONCACAF Champions Cup | |||
| Monterrey | 1 | 2019-20 | Liga MX, Copa MX, CONCACAF Champions League | |||
| OFC | Auckland City | 4 | 2005-06, 2013-14, 2014-15 | NZFC Minor Premiership, NZFC Grand Final, OFC Champions League | ||
| 2022 | New Zealand National League, Chatham Cup, OFC Champions League | |||||
| Waitakere United | 1 | 2007-08 | NZFC Minor Premiership, NZFC Grand Final, OFC Champions League | |||
| Hienghène Sport | 1 | 2019 | New Caledonia Super Ligue, New Caledonia Cup, OFC Champions League | |||
| UEFA | Barcelona | 2 | 2008-09, 2014-15 | La Liga, Copa del Rey, UEFA Chempionlar Ligasi | ||
| Bayern Munich | 2 | 2012-13, 2019-20 | Bundesliga, DFB-Pokal, UEFA Chempionlar Ligasi | |||
| Celtic | 1 | 1966-67 | Scottish Football League, Scottish Cup, UEFA Chempionlar Ligasi | |||
| Ajax | 1 | 1971-72 | Eredivisie, KNVB Cup, UEFA Chempionlar Ligasi | |||
| PSV Eindhoven | 1 | 1987-88 | Eredivisie, KNVB Cup, UEFA Chempionlar Ligasi | |||
| Manchester United | 1 | 1998-99 | Premier League, FA Cup, UEFA Chempionlar Ligasi | |||
| Inter Milan | 1 | 2009-10 | Serie A, Coppa Italia, UEFA Chempionlar Ligasi | |||
| Manchester City | 1 | 2022-23 | Premier League, FA Cup, UEFA Chempionlar Ligasi |
Ayollar futbolida
| Qitʼa | Klub | Davlat | Trebl soni | Mavsum | Kuboklar | Manbalar |
|---|---|---|---|---|---|---|
| AFC | Tokyo Verdy Beleza | 1 | 2019 | Nadeshiko League, Empress's Cup, AFC Women's Club Championship | ||
| CAF | AS FAR | 1 | 2022-23 | Moroccan Women's Championship, Moroccan Women Throne Cup, CAF ayollar Chempionlar Ligasi | ||
| CONMEBOL | Corinthians | 1 | 2023 | Campeonato Brasileiro Feminino Série A1, Supercopa do Brasil Feminino, Copa Libertadores Femenina | ||
| OFC | AS Academy | 1 | 2023 | New Caledonia Division 1 Féminine, New Caledonia Cup, OFC Women's Champions League | ||
| UEFA | Lyon | 5 | 2011-12, 2015-16, 2016-17, 2018-19,2019-20 | Division 1 Féminine, Coupe de France féminine, UEFA ayollar Chempionlar Ligasi | ||
| 1. FFC Frankfurt (currently Eintracht Frankfurt) | 2 | 2001-02, 2007-08 | Frauen-Bundesliga, DFB-Pokal Frauen, UEFA ayollar Chempionlar Ligasi | |||
| Barcelona | 2 | 2020-21, 2023-24 | Primera División, Copa de la Reina, UEFA ayollar Chempionlar Ligasi | |||
| Arsenal | 1 | 2006-07 | FA Women's Premier League, FA Women's Cup, UEFA ayollar Chempionlar Ligasi | |||
| VfL Wolfsburg | 1 | 2012-13 | Frauen-Bundesliga, DFB-Pokal Frauen, UEFA ayollar Chempionlar Ligasi |