- Vikipediyada ismi Ismat va familiyasi Ergashev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Ismatilla Raimovich Ergashev — Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
| Ismatilla Raimovich Ergashev | |
|---|---|
Исматилла Эргашев | |
![]() | |
| Mansab davri 2004-yildan – 2012-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Abdugʻofur Abdurahmonov |
| Vorisi | Sherzod Fayziyev |
| Mansab davri 1999-yildan – 2003-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | ? |
| Vorisi | ? |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1960-yil 24-sentyabr Toshkent |
Biografiya
1960-yil 24-sentabrda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1982-yilda Toshkent universitetini „Sharqshunos-filolog, dari va ingliz tillari oʻqituvchisi“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.
Fors, ingliz va turk tillarini biladi.
1982—1984 — Afgʻonistonda harbiy xizmat.
1984—1992 — harbiy bilim yurtida chet tili oʻqituvchisi.
1992—1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi 2-kotibi.
1994—1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Osiyo va Afrika boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari — sektor mudiri.
1994—1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli boshqarmasi boshligʻi.
1996—1999 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari.
1999—2003 — Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy, Moʻgʻuliston va KXDRdagi dagi favqulodda va muxtor elchisi.
2003—2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili.
2004—2012 — Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi.
2012—2017 — Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidentining maslahatchisi.
2017-yil 24-maydan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili.
Oilali, besh nafar farzandi bor.



