Island tili — xind-yevropa tillari oilasining german tillari guruhiga mansub gʻarbiy skandinav tillaridan biri. Islandiyaning davlat tili. I.t.da umuman 270 mingdan or-tiq kishi soʻzlashadi (1992). Bu til vakillari Islandiyada, bir qismi Kanada va AQShda istiqomat qiladi. I.t. deyarli shevalarga ega emas. 12—13-asrlarda I. t. fonologik tizimida qisqa va choʻziq diftonglar (ikki unli to-vush birikmasi), portlovchi, jarangsiz undoshlar paydo boʻlgan. Urgʻu soʻzlarning birinchi boʻgʻiniga tushadi. I.t.da boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar kam. 11-asr oxiri va 12-asr boshlaridan lotin alifbosi asosidagi yozuvda.
| Island tili | |
|---|---|
![]() | |
| Milliy nomi | íslenska |
| Mamlakatlar | Islandiya va Daniya |
| Rasmiylik holati | |
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 331,000 |
| Turkumlanishi | |
| Turkum | Hind-Yevropa |
| Alifbosi | lotin |
| Til kodlari | |
| ISO 639-1 | is |
| ISO 639-2 | ise (B) isl (T) |
| ISO 639-3 | isl |
