Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Lawrence Edward Page (talaffuzi: Lourens Edvard Peyj, 1973-yil 26-martda tugʻilgan) – amerikalik biznesmen, kompyuter muhandisi va internet-tadbirkori, Sergey B

Larry Page

Lawrence Edward Page (talaffuzi: Lourens Edvard Peyj, 1973-yil 26-martda tugʻilgan) – amerikalik biznesmen, kompyuter muhandisi va internet-tadbirkori, Sergey Brin bilan birga Google asoschisi.

Larry Page

Yevropa parlamentida gapirmoqda
Tavalludi
Lawrence Edward Page

1973-yil 26-mart (1973-03-26) (53 yosh)
Lansing, Michigan, AQSh
Fuqaroligi
  • AQSh
Taʼlimi
  • Michigan universiteti (bakalavr)
  • Stanford universiteti (magistr)
Kasbi
  • kompyuter muhandisi
  • tadbirkor
Turmush oʻrtogʻi
Lucinda Southworth (turm. 2007)
Bolalari 2
Otasi Carl Victor Page
Imzosi

1997-yildan 2001-yil avgustigacha va 2011-yilning aprelidan 2015-yilning iyuligacha Google kompaniyasining bosh ijrochi direktori boʻlgan. 2019-yil 4-dekabrgacha oʻzining hammuassisi Brin bilan birga kompaniyadagi barcha rahbarlik lavozimlarini egallagan. Alphabet boshqaruv kengashi aʼzosi va nazorat paketi egasi boʻlib qolgan.

2023-yil noyabrdagi Bloomberg milliarderlar indeksiga koʻra, Page 116 milliard dollarga teng boyligi bilan dunyodagi sakkizinchi eng boy odamdir. Shuningdek, Kitty Hawk va Opener uchar avtomobil startaplariga sarmoya kiritgan.

Page 2004-yilda Brin bilan birga „PageRank“ startapi uchun Markoni mukofotiga sazovor boʻlgan.

Yuqori