Haj surasi (arabcha: سورة الحج, nomining maʼnosi — Haj) — Qurʼonning 22-surasi. Madiniy suralardan biri, 78 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 332–341-sahifasida va 17-juzida joylashgan. 103-boʻlib nozil boʻlgan.
| Haj surasi — سورة الحج | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Haj | ||||||||||||
| Tasnifi | Madaniy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 332–341 | ||||||||||||
| Juz | 17 | ||||||||||||
| Sura raqami | 22 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 78 | ||||||||||||
| Sajda oyati | 18 va 77-oyat | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 10 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | yoʻq | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 103 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy mavzusi
Sura dillar dahshatga tushib, aqllar adashadigan, ona emizayotgan goʻdagini unutib, homilador ayol homilasini tashlab yuboradigan Qiyomat oldi dahshatlarini tasvirlash bilan boshlanadi va oʻz hayotlarini Tangri taolo buyurgan dini Islom ahkomlariga amal qilish bilan oʻtkazgan kishilar uchun oʻsha Kunda ham hech qanday xavf-xatar boʻlmasligi, din-u iymonsiz tirikchilik qilib oʻtgan kimsalar esa U Kunda xor-u rasvo boʻlishlari taʼkidlanadi.
Maʼlumki, agar Makkada nozil qilingan suralarda soʻz, asosan, iymon, eʼtiqod haqida ketsa, Madinada nozil qilingan suralarda gʻoliban Shariati islomiyadagi qonun-qoidalar zikr qilinadi. Inchunun ushbu sura ham bundan mustasno emas. Bu surada Islom dinining besh asosiy ruknidan biri boʻlmish Haj ibodati va Odam alayhissalomdan qolgan "Eski Uy" — "Baytulloh" xususida ancha batafsil bayon qilinadiki, suraning "Haj" deb nomlanishiga ham sabab shudir.
