Musiqiy albom deb standart formatda chiqarilgan musiqiy asarlar toʻplamiga aytiladi. „Albom“ atamasidan foydalanishga birga sotilayotgan bir necha gramplastinkalarning albomsimon muqovaga solinishi turtki boʻlgan.

Turlari
Hajmiga koʻra
- LP (inglizcha: long play) yoki standart albom — bitta 12 dyuymlik plastinka yoki kompakt-diskda chiqarilgan albom; 30-80 daqiqa davomiylikdagi musiqa yoziladi.
- EP (inglizcha: extended play) yoki mini-albom — LPdan kichik, lekin singldan kattaroq albom.
- Boks-set (inglizcha: box set) — bir necha LPlardan iborat toʻplam.
Tarkibiga koʻra
- Studiyaviy albom — ovoz yozish studiyasida yozilgan albom.
- Jonli albom — jonli ijro (konsertlar) paytida yozib olingan albom.
- Terma — bir yoki bir necha ijrochining asarlari yigʻilgan albom.
Boshqa turlari
- Butleg — norasmiy albom. Yashirin, odatda noqonuniy yoʻl bilan chiqariladi.
- Demo — ijrochining asarlarini namoyish etish va baholash maqsadida chiqarilgan sinov albomi.
- Konseptual albom — tarkibidagi asarlari maʼlum bir gʻoya (konsepsiya) atrofida birlashgan albom.
- Saundtrek yoki ovoz yoʻlakchasi — filmda ishlatilgan musiqiy asarlar toʻplami.