Xandaq jangi — Muhammad tarafdorlari (3000 kishi) tomonidan Madinani makkaliklardan himoya qilish janglaridan (627 y.) biri. Makkaliklar rahbari Abu Sufyon 10 mingga yaqin askari bilan Madinani qamal qilgan. Sahobalardan biri eronlik Salmon al-Forsiy (655 y.v.e.)ning maslahatiga koʻra Muhammad paygʻambar shu paytgacha arablarga nomaʼlum boʻlgan, biroq forslarga maʼlum boʻlgan jang usullaridan biri — xandaq qazishga buyurgan. 3 haftalik qamaldan soʻng Abu Sufyon qoʻshini chekinishga majbur boʻlgan. Bu jang islom tarixida Xandaq jangi deb nom olgan.

Xandaq jangi (arab. — chuqur) - Muhammad rahbarliklaridagi musulmonlar bilan makkalik mushriklar oʻrtasidaga jang. 627 yilda makkaliklar rahbari Abu Sufyon 10 mingga yaqin askar bilan kelib Madinani qamal qiladi. Muhammad tarafdorlari Madina atrofiga Salmon al-Forisiy tavsiyasi bilan xandaq qazib, shaharni himoya etadi. 3 haftalik qamaldan keyin Abu Sufyon qoʻshinlari Madinani ololmay orqaga qaytadi, musulmonlar gʻolib chiqadi. Bu islom tarixida Xandaq jangi deb nom oladi.
Xandaq jangi haqida Qur’onda
Ahzob surasida bayon qilinga oyatlar.
- 10. Oʻshanda ular sizlarning yuqori tomoningizdan xam, sizlardan quyiroq tomondan ham (bostirib) kelgan edilar. Oʻshanda koʻzlar tinib, yuraklar boʻgʻizlarga tiqilib qolgan va sizlar Alloh haqida (turli) gumonlar qila boshlagan edinglar.
- 11. Ana oʻsha joyda moʻminlar (yana bir bor) imtihon qilindilar va (bu dahshatdan) qattiq larzaga tushdilar.
- 12. Oʻshanda munofiqlar va dillarida maraz boʻlgan (yaʼni eʼtiqodlari zaif boʻlgan) kimsalar: „Alloh va Uning paygʻambari bizlarga faqat yolgʻon vaʼda qilgan ekanlar“, deya boshladilar.
- 13. Oʻshanda ulardan bir toifa odam dedi: „Ey Yasrib (yaʼni Madina) ahli, sizlar uchun (bu qadar koʻp sonli yovga qarshi) turish imkoni yoʻqdir, bas (oʻz uylaringizga) qaytib ketinglar“. Ulardan yana bir guruh esa "Uylarimiz ochiqsochiq (qolgan edi), " deb paygʻambardan izn soʻrardilar. Holbuki (uylari) ochiq-sochiq emas edi. Ular faqat (jang maydonidan) qochishnigina istardilar.
- 14. Agar ularning (munofiqlarning) ustiga (Madinaning turli) tomonlaridan (bostirib) kirilsa-da, soʻngra ulardan fitna (yaʼni musulmonlarga xiyonat qilish) talab qilinsa, shak-shubhasiz ular koʻp (ikkilanib) turmasdan (xiyonatga rozilik) bergan boʻlur edilar.
- 15. Holbuki, ular ilgari ortga chekinmasliklari haqida Allohga axdu paymon bergan, Allohga berilgan ahdu paymon esa (qiyomat kunida) soʻralguvchi edi.
- 16. (Ey Muhammad), ayting: "Agar sizlar oʻlishdan yo oʻldirilishdan qochsangizlar, bu qochish sizlarga biron foyda bermas, demak sizlar juda oz (yaʼni ajallaringiz yetguncha) foydalanursizlar, xolos.
- 17. Ayting: „Agar Alloh sizlarga yomonlikni iroda qilsa, qay bir kimsa sizlarni undan asray olur, yoki U zot sizlarga marhamatni iroda qilsa (kim uni toʻsa olur)?!“ Ular oʻzlari uchun Allohdan oʻzga biron doʻst, biron yordamchi topa olmaslar.