Yunusobod yoʻli — Toshkent metropoliteni yoʻllaridan biri. 2001-yil 26-oktyabrda yoʻlga qoʻyilgan. 2016-yil noyabrda avvaldan qurilishi rejalashtirilgan Yunusobod va Turkiston bekatlarini qurish ishlari boshlab yuborildi. Qurilishga 108 million dollar ajratilgan. Bekatlar 2020-yil 29-avgustda foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Fayzulla Xoʻjayev, Bobur, Toʻqimachilar, Usmon Nosir, Janubiy bekatlari loyihasi bekor qilindi.
Yunusobod yoʻli | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Bekatlar
- Mingoʻrik (metro bekati) (26-oktyabr 2001-yilda ishga tushgan) — Oʻzbekiston yoʻlining Oybek bekatiga o'tiladi.
- Yunus Rajabiy (metro bekati) (26-oktyabr 2001-yilda ishga tushgan) — Chilonzor yoʻlining Amir Temur xiyoboni bekatiga o'tiladi.
- Abdulla Qodiriy (metro bekati) (26-oktyabr 2001-yilda ishga tushgan) —
- Minor (metro bekati) (26-oktyabr 2001-yilda ishga tushgan) —
- Bodomzor (metro bekati) (26-oktyabr 2001-yilda ishga tushgan) —
- Shahriston (metro bekati) (26-oktyabr 2001-yilda ishga tushgan) — 2015-yil 16-iyungacha nomi "Habib Abdullayev" bo'lgan
- Yunusobod (metro bekati) (29-avgust 2020-yilda ishga tushgan) —
- Turkiston (metro bekati) (29-avgust 2020-yilda ishga tushgan) —
Harakat tarkibi
Yunusobod yoʻlida 81-717/714 raqamli vagonlardan iborat toʻrt vagonli poyezd harakatlanadi.
Avariya
- 2019-yil 18-dekabrda Yunusobod bekati qurilishida yon devorning qulab tushishi oqibatida avariya holati kelib chiqqan. Hodisa joyiga huquq-tartibot organlari xodimlari, qutqaruchilar, shifokorlar yetib kelishgan, qidiruv-qutqaruv ishlari boshlanganOʻzbekiston Bosh vaziri boshchiligida avariya oqibatlarini bartaraf etish komissiyasi tuzildi
- Hodisaga kuchli yomgʻir natijasida beton devorning orasiga suv toʻplanib, devor ogʻirlik oqibatida qulab tushgani aytildi.
- Qutqaruv yakunlandi. Qurbonlar soni 6ta ekani aytildi.
- 19-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan hodisa yuzasidan jinoiy ish ochildi
- Saylovlar doirasidagi anjumanlarda deptatlar qurilish sohasiga mas’ul shaxslarni tanqid qilishgan. Go Uzbekistan loyihasi muallifi esa Yunusobod bekatiga „Quruvchilar“ nomini berishni taklif qilgan.
- Oʻzbekiston temir yoʻllari halok boʻlgan har bir ishchining oilasi uchun 100 million soʻm (taqriban 10400 dollar) tovon puli ajratdi.