Doʻmbirobod mahallasi – Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi mahalla. Katta Doʻmbirobod, Gavhar, Tirsakobod mahallalari bilan chegaradosh.
Doʻmbirobod | |
|---|---|
| Doʻmbirobod mahallasi | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Shahar | Toshkent |
| Tuman | Chilonzor |
| Asos solingan | 2007-yil |
| Avvalgi nomlari | Kichik Doʻmbirobod mahallasi |
| Aholisi (2008) | 7 920 |
Tarixi
Kichik Doʻmbirobod nomi bilan tashkil etilgan, 2007-yildan hozirgi nomda. Mahalla nomi oʻz tarixiga ega. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida bu hududdan Qonqus, Shirin, Darxon ariqlari oqib oʻtgan boʻlib, shahardagi Beshyogʻoch, Guliston, Chaqar mahallalarining aholisi bu yerlarni obod etib, bogʻ-hovlilar barpo etishgan. Rivoyat qilinicha, Mirsalim (Mirsoat) ismli qassob bu yerlarga birinchilardan boʻlib kelib, daraxtlar ekkan, choyxona tashkil qilgan. U kishi quvnoq va qorni doʻmbiradek kattaligi uchun laqabi „doʻmbira“ boʻlgan. Bu yerda barpo etilgan qishloqni xalq Doʻmbirobod deb atay boshlagan.
Aholisi
Aholisi 7 920 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2008).
Binolar
Mahalla hududida 2 ta oʻrta maktab, 2 ta bolalar bogʻchasi, dorixonalar, savdo doʻkonlari, oshxonalar bor, bolalar sport majmuasi, militsiya tayanch punkti qurilgan. 2-jahon urushi qatnashchisi Usmonxoji Abdullayev mahallaga 43 yil raislik qilgan.