Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Anand Vishvanatan (tam. விசுவநாதன் ஆனந்த்; 11-dekabr 1969-yilda tugʻilgan) hind shaxmatchisi, xalqaro grossmeysteri va joriy jahon chempionidir. Anand Jahon Sha

Viswanathan Anand

Anand Vishvanatan (tam. விசுவநாதன் ஆனந்த்; 11-dekabr 1969-yilda tugʻilgan) hind shaxmatchisi, xalqaro grossmeysteri va joriy jahon chempionidir. Anand Jahon Shaxmat Chempionatida besh marta yutgan (2000, 2007, 2008, 2010, 2012), 2007-yildan beri chempionlikni ushlab kelmoqda.

Vishvanatan Anand
விசுவநாதன் ஆனந்த்

Anand, 2009
Tugʻilgan sanasi: 1969-yil 11-dekabr (1969-12-11) (56 yosh)
Tugʻilgan joyi: Mayiladuthurai, Tamil Nadu, Hindiston
Yashash joyi: Hindiston
Unvoni: Grossmeyster (1988)
Maksimal reytingi: 2871 (2011-yil)
Hozirgi reytingi : 2791
Mukofotlari:

Jahon chempioni (2000—2002; 2007-bugun)

Anand Hindistonning birinchi grossmeysteridir. 2007-yili unga Hindistonning ikkinchi eng yuqori mukofoti Padma Vibhushan berildi va u bunday mukofot olgan ilk sportchi boʻldi.

Anand koʻp qirrali shaxmatchi — u turnir, match, tez shaxmat va nokautli musobaqalarda jahon chempionidir.

2012-yilgi jahon chempionatida u isroillik Boris Gelfandni yengib, chempionlikni saqlab qoldi.

Yuqori