Marko Spittka (1971-yil 22-aprelda Drezdenda tugʻilgan) – nemis dzyudochisi. GDR chempionatlari sovrindori, Germaniya va Yevropa chempionatlari chempioni va sovrindori, jahon chempionati sovrindori,1996-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida yarim yengil vazn toifasida (-86 kg) bronza medali sohibi.
| Marko Spittka | |
|---|---|
![]() Spittka 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | Erkak |
| Fuqaroligi | |
| Tavallud sanasi | 1971-yil 22-aprel Drezden, Germaniya |
| Boʻyi | 179 sm |
| Sport | |
| Mamlakat | |
| Qaysi sport | Dzyudo |
Faoliyati
Marko Spittka dzyudo sport turi boʻyicha yarim oʻrta vazn (78 kg gacha) va oʻrta vazn (86-90 kg gacha) toifalarida kurash olib borgan. 1989-yil—1998-yillarda u besh karra Germaniya chempioni boʻlib, bir marta kumush va ikki marta bronza medalini qoʻlga kiritgan. 1998-yilgi dzyudo boʻyicha Yevropa chempionatida oltin, 1992-yilgi chempionatda esa kumush medallarini qoʻlga kiritgan. 1997-yilda jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. 1996-yilda Atlantada boʻlib oʻtgan yozgi olimpiada oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Sidneydagi navbatdagi olimpiada oʻyinlarida esa dastlabki bosqichda medallar uchun kurashni tark etgan.
