Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jamshid Karimovich Zokirov (11-iyul, 1948—7-aprel, 2012) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, kino va teatr aktori.

Jamshid Zokirov

Jamshid Karimovich Zokirov (11-iyul, 1948—7-aprel, 2012) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, kino va teatr aktori.

Jamshid Karimovich Zokirov
Tavalludi 11-iyul 1948-yil
Toshkent, Oʻzbekiston
Vafoti 7-aprel 2012-yil(2012-04-07)
(63 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1971—2012
Mukofotlari

Hayotining soʻnggi yili davomida saraton kasalligi bilan kurash olib borgan Jamshid Zokirov 2012-yil 7-aprelida vafot etdi.

Tarjimai holi

Jamshid Zokirov 11-iyul 1948-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 1971-yil Ostrovskiy nomidagi teatr va rassomchilik san'ati institutini tamomlagan. 1971-yildan Hamza teatri - Oʻzbek Milliy Akademik Drama teatrining aktyori. Eng yaxshi rollari: Albert („Oqshomdan tushgacha“), Farhod („Kuzning birinchi kuni“), Xolmat („Boy ila xizmatchi“), Erkak („Taqdir eshigi“), Stepan („Mardikor“), Erkak („Aldagani xotin yaxshi“) va b. Kinoda Ota („Orzular ogʻushida“), Hakim („Kelinlar qoʻzgʻoloni“), Olimtoy („Temir xotin“) kabi rollarni oʻynagan va videofilmlarda suratga tushgan: Dekan („Domla“), militsioner („Tartib“), Sharif Nomozov („Shaytanat“) va boshqalar. 1995-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. O'zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovaga uylangan.

Filmografiyasi

  • Kelinlar qoʻzgʻoloni
  • Suv yoqalab
  • Shaytanat
  • Temir xotin
  • Высоцкий. Спасибо, что живой

Тақдир эшиги

Шайтанат

Yuqori