Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Hans-Dieter „Hansi“ Flick (olmoncha talaffuz: [ˈhanzi ˈflɪk];, 1965-yil 24-fevralda tugʻilgan) – germaniyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi b

Hansi Flick

Hans-Dieter „Hansi“ Flick (olmoncha talaffuz: [ˈhanzi ˈflɪk];, 1965-yil 24-fevralda tugʻilgan) – germaniyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi boʻlib, hozirda La Liga klubi „Barcelona“ murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda. Flick futbolchilik faoliyati davomida „SV Sandhausen“, „Bayern Munich“ va „1. FC Köln“ jamoalarida toʻp surgan. U murabbiylik faoliyatini toʻrtinchi diviziondagi „Victoria Bammental“ klubida futbolchi-murabbiy sifatida boshlagan. 2000-yilda u yana bir toʻrtinchi divizion jamoasi – „TSG Hoffenheim“ning murabbiyiga aylangan va 2005-yilda ketishidan oldin jamoani Regionalliga Süd ligasiga olib chiqqan. 2006-yildan 2014-yilgacha Flick Germaniya milliy terma jamoasining Joachim Löw boshchiligidagi murabbiylar shtabida yordamchi murabbiyi boʻlib ishlagan va 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatidagi chempionlikka hissa qoʻshgan. Keyinchalik, u 2014-yildan 2017-yilgacha Germaniya futbol assotsiatsiyasi (DFB) ning sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Hansi Flick
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Hans-Dieter Flick
Tavallud sanasi 24-fevral 1965-yil (1965-02-24) (61 yosh)
Tavallud joyi Heidelberg, Gʻarbiy Germaniya
Boʻyi 177 cm (5 ft 9 12 in)
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Barcelona (bosh murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1971–1976 BSC Mückenloch
1976–1981 SpVgg Neckargemünd
1981–1983 SV Sandhausen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1982–1985 SV Sandhausen 69 (8)
1985–1990 Bayern Munich 104 (5)
1990–1993 1. FC Köln 44 (1)
1994–2000 Victoria Bammental
Milliy terma jamoa
1983 Gʻarbiy Germaniya U-18 2 (0)
Boshqargan klublari
1996–2000 Victoria Bammental
2000–2005 TSG Hoffenheim
2006 Red Bull Salzburg (yordamchi)
2006–2014 Germaniya (yordamchi)
2019 Bayern Munich (yordamchi)
2019–2021 Bayern Munich
2021–2023 Germaniya
2024– Barcelona
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

2019-yilda „Bayern Munich“ jamoasiga yordamchi murabbiy sifatida qaytib kelgan Flick, noyabr oyida Niko Kovač ketgach, vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi. Keyinchalik doimiy bosh murabbiyga aylanib, oʻsha mavsumda UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi boʻlib, klubning ikkinchi treblini (uchta asosiy sovrinni bir mavsumda qoʻlga kiritishni) amalga oshirdi. 2021-yilda Flick FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati va yana bir Bundesliga sovriniga ega chiqdi. U va Pep Guardiola, jamoalari bilan olti sovrin yutgan yagona murabbiylar hisoblanadi. Shuningdek, 2021-yilda Flick Germaniya milliy termasi bosh murabbiyi boʻlib, jamoani 2022-yilgi Jahon chempionati saralashidan muvaffaqiyatli oʻtkazdi, biroq 2023-yilda lavozimidan ozod qilindi. 2024-yilda esa Ispaniyaning „Barcelona“ klubiga bosh murabbiy qilib tayinlanib, birinchi mavsumida uchta sovrin qoʻlga kiritdi.

Shaxsiy hayoti

Hansi Flick, Silke Flick bilan oila qurgan. 2020-yilga kelib, ular 30 yildan ortiq vaqt birga yashashgan. Ularning ikki qizi va ikki nabirasi bor.

Murabbiylik statistikasi

2025-yil 15-may holatiga ko‘ra
Jamoalar boʻyicha murabbiylik natijalari va ish davri
Jamoa Ishga kirishgan sana Tark etgan sana Natijalar
O‘ G‘ D M UG O‘G GN G‘ % Man.
Victoria Bammental 1996-yil 1-iyul 2000-yil 30-iyun 122 44 33 45 205 218 −13 036,07
TSG Hoffenheim 2000-yil 1-iyul 2005-yil 19-noyabr 196 88 46 62 345 263 +82 044,90
Bayern Munich 2019-yil 3-noyabr 2021-yil 30-iyun 86 70 9 7 255 85 +170 081,40
Germaniya 2021-yil 1-iyul 2023-yil 10-sentabr 25 12 7 6 60 30 +30 048,00
Barcelona 2024-yil 29-may 58 43 7 8 169 69 +100 074,14
Jami 487 257 102 128 1 034 665 +369 052,77

Yutuqlari

Futbolchilik davri

Bayern Munich

  • Bundesliga: 1985/86, 1986/87, 1988/89, 1989/90
  • DFB-Pokal: 1985/86
  • DFB-Supercup: 1987
  • Yevropa kubogi finalchisi: 1986–/87

1. FC Köln

  • DFB-Pokal finalchisi: 1990/91

Murabbiylik davri

Germaniya (yordamchi murabbiy sifatida)

  • FIFA Jahon chempionati: 2014; uchinchi oʻrin: 2010
  • UEFA Yevropa chempionati finalchisi: 2008; uchinchi oʻrin: 2012

TSG Hoffenheim

  • Oberliga Baden-Württemberg: 2000/01
  • Shimoliy Baden kubogi: 2001/02, 2002/03, 2003/04, 2004/05

Bayern Munich

  • Bundesliga: 2019/20, 2020/21
  • DFB-Pokal: 2019/20
  • DFL-Supercup: 2020
  • UEFA Chempionlar Ligasi: 2019/20
  • UEFA Superkubogi: 2020
  • FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati: 2020

Barcelona

  • La Liga: 2024/25
  • Copa del Rey: 2024/25
  • Ispaniya Superkubogi: 2025

Individual

  • UEFA tomonidan Yil erkaklar jamoasi murabbiyi: 2019/20
  • IFFHS tomonidan Dunyoning eng yaxshi klub murabbiyi: 2020
  • World Soccer tomonidan Yilning eng yaxshi erkaklar jamoasi murabbiyi: 2020
  • Globe Soccer tomonidan Yilning eng yaxshi murabbiyi: 2020
  • Germaniyada Yilning eng yaxshi murabbiyi: 2020
  • VDV tomonidan Bundesligada Mavsumning eng yaxshi murabbiyi: 2019/20
  • La Ligada Oyning eng yaxshi murabbiyi: 2024-yil avgust, 2024-yil oktabr, 2025-yil fevral
Yuqori