Samvel Vyacheslavovich Babayan (1971-yil 19-may) – arman millatiga mansub sovet va oʻzbek futbolchisi. 2015—2017-yillarda Olimpiya va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Samvel Vyacheslavovich Babayan | ||
| Tavallud sanasi | 19-may 1971-yil | ||
| Tavallud joyi | Toshkent Oʻzbekiston SSR | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Andijon | ||
| Boshqargan klublari | |||
| Yillar | Jamoalar | ||
| 1990—1993 | Navbahor (murabbiy) | ||
| 1993—1996 | Politotdel (murabbiy) | ||
| 1996—2000 | Navbahor (murabbiy) | ||
| 2001—2002 | Oʻzbekiston (menejer) | ||
| 2002—2014 | Paxtakor (vitse-prezident) | ||
| 2014—2015 | Paxtakor | ||
| 2015—2016 | Oʻzbekiston (U23) | ||
| 2015—2017 | Oʻzbekiston | ||
| 2018 | Spartak Yurmala | ||
| 2018—2019 | Spartak Yurmala (tex. dir.) | ||
| 2019 | Lokomotiv (maslahatchi) | ||
| 2019 | Lokomotiv | ||
| 2019—2020 | Changchun Yatai | ||
| 2021—2022 | Navbahor (mas. mur.) | ||
| 2024—2025 | Lokomotiv (mas. mur.) | ||
| 2025— | Andijon | ||
Hayoti
Samvel Babayan 1971-yil 19-mayda Toshkent shahrida tavallud topgan. Mavjud ayrim maʼlumotlarga koʻra, u Toshkent davlat jismoniy tarbiya institutini murabbiylik ixtisosligi boʻyicha tamomlagan.
Samvel Babayan Oʻzbekiston SSRda turli jamoalar uchun toʻp surgan.
Karyerasining boshlanishi
1993-yili Toshkent viloyatidagi „Siyosiy boshqarma“ futbol jamoasi rahbari etib tayinlanadi. 1996-yili "Navbahor" futbol klubi bosh murabbiyi Viktor Jalilov yordamchisi sifatida faoliyat olib boradi va oʻsha yilda jamoa Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritadi. Shundan keyin 2001-yilda Babayanni Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi boshqaruvchisi sifatida ishga taklif etishadi va keyingi yili murabbiy Toshkentning "Paxtakor" futbol klubi vitse-prezidenti etib tayinlanadi.
2014-yilda „Paxtakor“ Oʻzbekiston Oliy ligasi chempionligini qoʻlga kiritadi va Babayan yil oxirida Oʻzbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topiladi.
Oʻzbekiston terma jamoasi
2015-yil 23-iyunda Mirjalol Qosimov isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Babayan Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi murabbiyi etib tayinlanadi. 2015-yil 27-noyabrda esa Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi boʻladi. Uning murabbiyligi ostida maydonga tushuvchi yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionatidagi ishtiroki muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanadi va jamoa 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmaydi.
Babayan boshchiligidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatining final bosqichiga chiqa olmaydi. Soʻnggi uchinchi saralash bosqichi natijalariga koʻra, Oʻzbekiston „A“ guruhida Eron, Janubiy Koreya va Suriya terma jamoalarini oʻtkazib yuborgan holda guruhda toʻrtinchi (oltita oʻrindan) oʻrinni egallaydi. 2017-yil 7-sentyabrda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etiladi.
Futboldan bir umrga chetlatilishi
2018-yilning 15-yanvar kuni Oʻzbekiston futbol federatsiyasi Babayanni Toshkentning "Paxtakor" klubidagi faoliyati davomida futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha firibgarlik qilgani uchun umrbod futbol sohasida faoliyat yuritishdan chetlatadi. Shuningdek, murabbiy Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 2018-yilgi Jahon chempionati saralash turniridagi omadsizligida ham ayblangan. Babayan nufuzli murabbiy va mutaxassislarning tavsiya va maslahatlariga eʼtibor bermagan holda terma jamoaga oʻyinchilarni tanlashda saviyasi va oʻyini past boʻlgan, oʻziga tanish futbolchilarni jalb etgan, bundan koʻzlangan asosiy maqsad esa oʻzining moddiy manfaatlarini boʻlgan.
Latviyadagi faoliyati
2018-yil aprel oyida Babayan Latviyaning „Spartak-Yurmala“ futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 2018-yilning 13-aprelida unga Latviya chempionati oliy ligasida ishlash uchun zarur boʻlgan Yevropada murabbiylik faoliyatini olib borish uchun litsenziya berilmaganligi bois murabbiy klubni boshqara olmasligi maʼlum boʻladi. 23-aprel kuni Babayan „Spartak-Yurmala“ klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etadi va klubning texnik direktori lavozimiga oʻtkaziladi.
Xitoydagi faoliyati
2019-yil yakunida Babayan Xitoyning „Chanchun Yatay“ futbol jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi. Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, klub oʻzbekistonlik murabbiyni isteʼfoga chiqarganligini rasman eʼlon qiladi.
Oʻzbekiston futboliga qaytish
2019-yilning 26-fevral kuni OAVda Samvel Babayan Toshkentning "Lokomotiv" futbol klubi prezidentining maslahatchisi etib tayinlangani haqida maʼlumotlar paydo boʻladi. Bu maʼlumot Toshkentning „Lokomotiv“ klubi rasmiy saytida ham eʼlon qilinadi. Xabar muxlislarning keskin noroziligiga sabab boʻladi, bunga javoban keyinchalik Samvel Babayan oʻzining qisqa intervyusida diskvalifikatsiya undan 2018-yilning 1-fevralida, yaʼni diskvalifikatsiyadan ikki haftadan sal koʻproq vaqt oʻtgach, olib tashlangani haqida xabar beradi.
Murabbiy sifatida erishgan yutuqlari
- Oʻzbekiston chempioni (2014);
- Yilning eng yaxshi futbol murabbiyi (2014).
