Nanay tili — tungus-manjur tillariaan biri. Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk va Primorye oʻlkalari va qisman Xitoyda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 8 mingdan ortiq. 3 lahjaga boʻlinadi: amur (ussuri), ku-rurmi, sungari. Amur laxjasining nayxin shevasi adabiy Nanay tiliga asos boʻlgan. Nanay tili fonetikasi unlilarning koʻpligi, sintaksisi esa sodda gaplarning qoʻshma gaplarga nisbatan koʻp qoʻllanishi hamda aniklanmish — aniklovchi moslashuvining yoʻkligi bilan ajralib turadi.
| Nanay tili | |
|---|---|
| Milliy nomi | На̄най хэсэни |
| Mamlakatlar | Rossiya va Xitoy |
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 1390 |
| Alifbosi | Kirill alifbosi va Nanai alphabet |
| Til kodlari | |
| ISO 639-3 | gld |
Rossiya Federatsiyasidagi Nanay tili uchun 1931-yilda lotin grafikasi asosida, 1963. yilda rus grafikasi asosida yozuv yaratilgan.