Yarkent xonligi, shuningdek, Yorkand xonligi va Qashgʻar xonligi deb nomlanuvchi sunniy musulmon turkiy davlat boʻlib, Moʻgʻuliston xonligining avlodlari hukmronlik qilgan. Unga 1514-yilda Sulton Said Xon tomonidan Moʻgʻulistonning gʻarbiy qismida asos solingan. Sulton Said xon oʻzini esa Chigʻatoy xonligining sharqiy qismi deb biladi. 1705-yilda Jungʻor xonligi tomonidan bosib olingan.
Yorkent xonligi 葉爾羌汗國 | |
|---|---|
| 1514–1705 | |
![]() | |
| Maqom | xonlik |
| Rasmiy til(lar) | Chig`atoy tili |
| Din | Islom (sunniy) |
| Hukumat | monarxiya |
| Tarix | |
• | Mo`g`uliston |
• Asos solingan | 1514 |
• Tugatilgan | 1705 |
• | Jung`or xonligi |
| Hozirda hududida quyidagilar mavjud | Xitoy Qirg`iziston |
Poytaxti
Yorkent xonlik tashkil topganidan (1514-yil) to qulaguniga qadar (1705-yil) Yorkent xonligining poytaxti boʻlgan. Qashgʻaristonning tarixiy Duglat davlati ham Mirzo Abu Bakr Duglat (1465–1514) hukmronligi davrida davlat poytaxti sifatida Yorkentdan foydalangan.
Tarixi
Tashkil topishi
Xonlik aholisi asosan uygʻurlar / turkiylar edi. Xo`tan, Yorkent, Qashqar, Yangihisor, Oqsuv, Uchturpon, Kucha, Qorashar, Turpan va Kumul kabi yirik shaharlari boʻlgan. U 1705-yilda Jungor xoni Sevan Rabtan tomonidan bosib olinmaguncha, taxminan 200 yil davomida mintaqada hukmronlik qildi.
XIV asrning birinchi yarmida parchalanib ketgan Chigʻatoy xonligining gʻarbiy qismida 1370-yilda Amir Temur imperiyasi vujudga keldi va 1508-yilda Shayboniylar tomonidan bosib olinmaguncha mintaqada hukmron kuchga aylandi. Uning sharqiy qismi Moʻgʻuliston boʻlib, u 1347-yilda Tugʻluq Temurxon tomonidan qayta tashkil etilgan boʻlib, poytaxti Ili daryosi vodiysi atrofidagi Olmaliqda joylashgan. U Sharqiy Qashgʻariyaning barcha oʻtroq yerlarini, shuningdek, XVI—XVII asrlardagi Balx va hind manbalariga koʻra, oʻsha paytda Uygʻuriston deb atalgan Turpan va Kumul viloyatlarini oʻz ichiga olgan. Yorkent xonligining hukmron sulolasi bir asrdan ortiq yashagan ushbu davlatdan ajralib chiqqan.
1509-yilda Tarim havzasining vassali boʻlgan duglatlar Moʻgʻuliston xonligiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib, ajralib chiqishadi. Besh yil oʻtgach Turfondagi Moʻgʻuliston xonining ukasi Sulton Saidxon duglatlarni bosib olib, oʻzining Yorkent xonligini tashkil etdi.
Bu esa 1220-yildan boshlab, Chigʻatoyxonning oʻzi tomonidan berilganidan buyon u hududlarni boshqargan Dugʻlat amirlarining Qashgʻariya shaharlaridagi hukmronligiga chek qoʻydi. Dugʻlatlarning zabt etilishi Yorkent davlatining mintaqadagi yetakchi kuchga aylanishiga imkon berdi.
Sulton Saidxon hukmronligi
Sulton Saidxon hukmronligiga xojalar katta taʼsir koʻrsatdi. Saidxon oʻz amakivachchasi, Himoloy va Qoraqurum tizmasi boʻylab Yorkent xonligigacha Boburiylar imperiyasining asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur bilan ham yaqin munosabatda boʻlgan.
Saidxon hukmronligi davrida 1527—1528-yillarda Bolorga, 1529-yilda Badaxshonga, 1532-yilda Ladax va Kashmirga talonchilik yurishlari uyushtiradi. Sulton Said Xon 1533-yilda Ladax va Kashmirga yurishlardan Yorkentga qaytayotganda togʻda oʻpka shishi tufayli Davlat beg Oldi qarorgohida vafot etgan.
Keyingi xonlar
Sulton Saidxondan keyin Abdurashidxon (1533–1565) taxtga oʻtirdi. U oʻz hukmronligini Dugʻlatlar oilasi aʼzosini qatl etishdan boshladi. Abdurrashidxon gʻarbiy Moʻgʻulistonni nazorat qilish uchun qirgʻizlar va qozoqlarga qarshi kurashdi, ammo gʻarbiy Moʻgʻuliston oxir-oqibatda boyb berildi. Shundan soʻng Moʻgʻullar asosan Tarim havzasi hududlari bilan cheklanib qolishdi.
Ayni paytda, 1678—1705-yillarda Oltishahr ning jungʻorlar tomonidan egallanishi natijasida Yorkent xonligi Jungʻor xonligi tomonidan toʻliq bosib olindi
Galereya
- Amanni Shahan mavzoleyi. Yorkent. 2011
- Minora. Yorkent. 2011
-
-
-
-
-
-
-
-
Izohlar
- According to M.Kutlukov, Altishahr historically was a union of 6 cities: four cities in Western Kashgaria-Hotan, Yarkand, Kashgar, Yengihisar and two cities in Eastern Kashgaria: Uchturpan and Aksu. Cities that were located east of Aksu, such as Kucha, Karashar, Turpan and Kumul, were not included in Altishahr. This division first appeared in the 15th century during the struggle between Mirza Abu Bakr Dughlat and the Moghul Khans of Moghulistan, when Mirza Abu Bakr managed to separate Altishahr into an independent state called Mamlakati Yarkand with its capital in Yarkand that he ruled for 48 years from 1465 till 1514. The Moghul khans then managed to establish control of the most of former Uyghuria (856–1389), mediaval state of Buddhist/ Nestorian/ Manichaenian Kingdom, that included Kucha, Karashar, Turpan, Kumul and Beshbaliq. That state submitted to Chengiz Khan in 1211 under Idikut Baurchuk Art Tekin and joined Mongol Empire as its 5th Ulus and this way retained independence till 1389, when was conquered by Khizr Khoja, son of Tughluk Timur Khan (founder of Moghul Dynasty (1347-1930), last ruler of which Maqsud Shah of Kumul Khanate died in 1930), who spread Islam among population of Uyghuria. In 1462 Moghul Khan Dost Muhammad managed to wrest Aksu from Dughlat Amirs, later Yunus Khan (1462–1487) spread influence of Moghul Khans till Turpan and Kumul and the settled part of the country south of Tengri Tagh under Moghul Khans became known at this time as Uyghurstan as opposite to the nomadic Moghulistan north of Tengri Tagh. In 1514 Sultan Said Khan put an end to this division and united all territory south of Tengri Tagh from Kashgar to Kumul in one centralized state, known in different sources as Kashgar and Uyghurstan (Mahmud ibn Wali, Balkh, 1640), Saidiyya, Kashgar Khanate or more properly Yarkand Khanate, that existed under dominance of Yarkand Khans till 1706 and under dominance of Khojas till 1759 when it was conquered by Qing China.
Adabiyotlar
- Saray Mehmet, Doğu Turkistan Tarixi (Başlangıçtan 1878’e kadar), Bayrak Matbaacılık, Istanbul-1997
- Kutlukov M, Yarkent xonligining tashkil topishi haqida (1465-1759), Pan nashriyoti, Olmata, 1990
- 0813513049
