Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) (ozarbayjoncha: Türk Dövlətləri Təşkilatı, qozoqcha: Түрік Мемлекеттері ұйымы, qirgʻizcha: Түрк мамлекеттеринин уюму, turkcha: Türk Devletleri Teşkilatı, veng.: Török Államok Szervezete, inglizcha: Organization of Turkic States; 2021-yilgacha sobiq Turkiy kengash) — turkiyzabon davlatlardan tashkil topgan xalqaro tashkilot. Tashkilotning asosiy maqsadi aʼzo davlatlarning har tomonlama doʻstlik va hamkorlikni rivojlanirishiga qaratilgan. Ushbu tashkilotga 2009-yil 3-oktabrda Ozarbayjonning Naxichevan shahrida asos solingan.
![]() gerb | |
![]() | |
| Ishga tushgan sanasi | 3-oktabr 2009-yil |
|---|---|
| Joylashuvi | |
| Asoschi(lar)i |
|
| Til(lar)i | Qozoq tili |
| Vebsayti | turkicstates.org |
| Conseilturcique.svg | |

Tarixi
1992-yilda ilk bor "Turkiyzabon davlatlar sammitiʻʻ boʻlib oʻtdi. 2009-yilning 3-oktabr kuni Ozarbayjonning Naxchivon shahrida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya oʻrtasida „Naxichevan kelishuvi“ imzolandi va „Turkiy kengash“ xalqaro tashkilotiga asos solindi. Tashkilot kotibiyati bosh binosi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashishi aniqlab olindi.
Ushbu tashkilotga asos solinishdan avval, 1992-yilda Qozogʻistonning oʻsha paytdagi poytaxti Olmaotada „Birlashgan turkiylar tili va sanʼati maʼmuriyati“ga asos solingan edi. 1998-yilda esa Ozarbayjonning Boku shahrida „Turkiyzabon davlatlar parlamentlik assambleyasi“ tashkil etildi. Yaqin kelajakda „Turkiy Kengash“gaTurkmaniston kirishi kutilmoqda.
Yigʻilishlar
2021-yilning 23—24-iyun kunlari Oʻzbekistonning Qoʻqon shahrida Turkiy kengash turizm vazirlarining VI yigʻilishi va Turizm boʻyicha ishchi guruhning XV yigʻilishi oʻtkazildi. 24-iyun kuni turizm sohasidagi vazirlarning yigʻilishida Oʻzbekiston Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov taklifiga binoan Qoʻqon shahri Turkiy kengashning turizm poytaxti deb eʼlon qilindi.
Aʼzo davlatlar
| Davlat | Poytaxti | Maydoni | Aholisi soni (ming) | YIM | YIM Aholi jon boshiga |
|---|---|---|---|---|---|
| Ozarbayjon | Boku | 86 600 km² | 10 073 | 130 mlrd. doll. | 18 500 doll. |
| Oʻzbekiston | Toshkent | 448 976 km² | 37 143 | 167 mlrd. doll. | 2800 doll. |
| Qirgʻiziston | Bishkek | 198 500 km² | 6 389 | 14mlrd. doll. | 1655 doll. |
| Qozogʻiston | Nur-Sulton | 2 724 902 km² | 20 000 | 320mlrd. doll. | 10000 doll. |
| Turkiya | Anqara | 783 562 km² | 84 155 | 1400 mlrd. doll. | 13500 doll. |
| Jami: | - | 4 242 540 km² | 157 760 | 11880mlrd. doll. | 11000doll. |
Turkiy Kengashdagi kuzatuvchi davlat
| Davlat | Poytaxti | Aholisi soni | Maydoni | YIM | YIM Aholi jon boshiga |
|---|---|---|---|---|---|
| Mojariston | Budapesht | 9 778 371 | 93 036 km² | 242 mlrd. doll. | 24 498 doll. |
| Turkmaniston | Ashxobod | 5 240 500 | 491 200 km² | 95,5 mlrd. doll. | 17 485 doll. |
| Shimoliy Qibris Turk Respublikasi | Lefkosiya | 3 300 km² | 294 900 | 1.7 mlrd. doll. | 10 095 doll. |
Tashkilot sohalari
- Istanbul kotibiyati
- Prezidentlar kengashi
- Tashqi ishlar vazirlari kengashi
- Yuqori martabalilardan tashkil topgan komitet
- Turkiyzabon davlatlar oqsoqollari kengashi
- Bokudagi parlament assambleyasi
- Ostonadagi turkiy akademiya
- Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti
Tashkilot bosh kotiblari
| Xalil Aqinchi | Turkiya | 3.10.2009 | 16.09.2014 |
| Ramil Hasanov | Ozarbayjon | 16.09.2014 | 3.09.2018 |
| Bagʻdod Amreyev | Qozogʻiston | 3.09.2018 | 2022 |
| Kubanichbek Omrualiyev | Qirgʻiziston | 2022 | hozirgi kunga qadar |
Yana qarang
- Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti
- Turkiy xalqlar
- Turkiy tillar

