Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Maksvell Jeyms Klerk (1831.13.6, Edinburg - 1879.5.11, Kembrij) - ingliz fizigi, klassik elektrodinamika, statistik fizika asoschilaridan biri, gazlar kinetik n

James Clerk Maxwell

Maksvell Jeyms Klerk (1831.13.6, Edinburg - 1879.5.11, Kembrij) - ingliz fizigi, klassik elektrodinamika, statistik fizika asoschilaridan biri, gazlar kinetik nazariyasini yaratganlardan biri, radiotexnikaning vujudga kelishi uchun poydevor qoʻygan shaxs. London Qirollik jamiyatining aʼzosi (1860). Edinburg (1847-50) va Kembrij (1850—54) universitetlarida oʻqigan. Aberdin (Shotlandiya, 1856-60), London (1860—65), Kembrij (1871-yildan) universitetlari professori, 1871-yildan Kembrij universiteti qoshida oʻzi tashkil etgan Kavendish lababaratoriyasi direktori. Ilmiy ishlari molekulyar fizika, optika, mexanika, elastiklik nazariyasi va boshqalarga oid. Gazlar kinetik nazariyasini rivojlantirgan holda statistik muvozanat holatidagi gaz molekulalarining tezliklar boʻyicha taqsimlanish qonunini topgan (1859). Faradey gʻoyasini rivojlantirgan holda makroskopik elektrodinamikaning maʼlum omillarini umumlashtirib elektromagnit maydon nazariyasini yaratgan (1855—73). Bu nazariya asosida Maksvell tenglamalari deb ataluvchi toʻrtta differensial tenglama yozadi. Tenglamalarni tahlil etib, Maksvell yorugʻlik elektromagnit toʻlqinlardan iborat ekanligi haqidagi muhim xulosalarga keldi. Maksvellning elektromagnetizm nazariyasi hozirgi zamon fizikasining klassik asosi hisoblanadi.

James Clerk Maxwell
Tavalludi 13-iyun 1831
Vafoti 5-noyabr 1879
Fuqaroligi United Kingdom of Great Britain and Ireland
Otasi John Clerk-Maxwell of Middlebie
Onasi Frances Cay

Yana qarang

  • Maksvell tenglamalari
  • Maksvell taqsimoti
Yuqori