Riad Bajić (talaffuzi: Riad Bayich; 1994-yil 6-mayda tugʻilgan) – bosniyalik professional futbolchi, Superliganing Giresunspor klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Riad Bajić | ||
| Tavallud sanasi | 6-may 1994-yil | ||
| Tavallud joyi | Sarayevo, Bosniya va Gersegovina | ||
| Boʻyi | 1.89 m | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Giresunspor | ||
| Raqami | 9 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2003—2013 | Željezničar | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2013—2015 | Željezničar | 48 | (18) |
| 2015—2017 | Konyaspor | 64 | (22) |
| 2017—2022 | Udinese | 5 | (0) |
| 2018—2019 | → İstanbul Başakşehir (ijara) | 31 | (9) |
| 2019—2020 | → Konyaspor (ijara) | 27 | (4) |
| 2020—2021 | → Ascoli (ijara) | 34 | (12) |
| 2021—2022 | → Brescia (ijara) | 29 | (3) |
| 2022— | Giresunspor | 13 | (3) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2013 | Bosniya va Gersegovina U19 | 4 | (5) |
| 2014—2016 | Bosniya va Gersegovina U21 | 7 | (0) |
| 2017—2019 | Bosniya va Gersegovina | 12 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 12-noyabr uchun) | |||
Klublardagi faoliyati
Željezničar
Bajić 2003-yilda Željezničar klubining yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. 2013-yilning may oyida jamoa bilan ilk professional shartnomasini imzoladi. 27-iyul kuni 19 yoshida NK Zvijezda Gradačacga qarshi oʻyinda professional debyut qildi. 19-oktyabr kuni Mladost Velika Obarska qarshi oʻyinda klubi bilan gʻalaba qozonib, oʻzining birinchi professional golini kiritdi.
Konyaspor
2015-yilning avgustida Bajić Turkiyaning Konyaspor jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 15-avgust kuni Akhisarsporga qarshi oʻyinda jamoa safida debyut qildi. 17-oktyabr kuni Gaziantepsporga qarshi oʻyinda jamoadagi birinchi golini urdi.
31-may kuni Turkiya kubogi finalida klubi bilan İstanbul Başakşehirni magʻlub etib, klubning ilk sovrini — kubokni qoʻlga kiritdi.
Udinese
Avgust oyida Bajić nomaʼlum pul evaziga Italiyaning Udinese klubiga oʻtdi. 12-avgust kuni Italiya kubogi doirasida Frosinonega qarshi oʻyinda jamoa safida debyut qildi. Besh hafta oʻtgach, Milanga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazdi.
2018-yil yanvar oyida Bajić olti oylik ijaraga Istanbul Başakşehirga oʻtdi. Iyun oyida ijara muddati bir mavsumga uzaytirildi.
2019-yil iyun oyida Bajić sobiq jamoasi Konyasporga ijaraga berildi.
2020-yil sentabr oyida Ascoliga mavsumiy ijaraga yuborildi.
2021 yil iyul oyida bir mavsumga Brescisaga ijaraga berildi.
Giresunspor
2022-yil iyul oyida Bajić Giresunsporga oʻtdi.
Xalqaro faoliyati
Bajić Bosniya va Gersegovinani turli yoshlar darajasida himoya qilgan.
2015-yil mart oyida Andorraga qarshi Yevro-2016 saralashi va Avstriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun birinchi marta chaqiruv oldi.
Shaxsiy hayot
Bajić 2019-yil sentabrida Sanitaga uylandi.
Faoliyat statistikasi
Klub
- 12-noyabr, 2022-yil
| Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Qitʼa | Jami | |||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
| Željezničar | 2013—2014 | Bosniya Premyer-ligasi | 18 | 3 | 5 | 2 | 2 | 0 | 25 | 5 |
| 2014—2015 | Bosniya Premyer-ligasi | 28 | 15 | 2 | 1 | 4 | 1 | 34 | 17 | |
| 2015—2016 | Bosniya Premyer-ligasi | 2 | 0 | 0 | 0 | 6 | 2 | 8 | 2 | |
| Jami | 48 | 18 | 7 | 3 | 12 | 3 | 67 | 24 | ||
| Konyaspor | 2015—2016 | Süper Lig | 32 | 5 | 11 | 4 | - | 43 | 9 | |
| 2016—2017 | Süper Lig | 32 | 17 | 10 | 3 | 6 | 0 | 48 | 20 | |
| Jami | 64 | 22 | 21 | 7 | 6 | 0 | 91 | 29 | ||
| Udinese | 2017—2018 | Serie A | 5 | 0 | 2 | 0 | - | 7 | 0 | |
| İstanbul Başakşehir (ijara) | 2017—2018 | Süper Lig | 9 | 3 | - | - | 9 | 3 | ||
| 2018—2019 | Süper Lig | 22 | 6 | 2 | 0 | 2 | 0 | 26 | 6 | |
| Jami | 31 | 9 | 2 | 0 | 2 | 0 | 35 | 9 | ||
| Konyaspor (ijara) | 2019—2020 | Süper Lig | 27 | 4 | 1 | 0 | - | 28 | 4 | |
| Ascoli (ijara) | 2020—2021 | Serie B | 34 | 12 | 0 | 0 | - | 34 | 12 | |
| Brescia (ijara) | 2021—2022 | Serie B | 29 | 3 | 1 | 1 | - | 30 | 4 | |
| Giresunspor | 2022—2023 | Süper Lig | 13 | 3 | 0 | 0 | - | 13 | 3 | |
| Jami faoliyati | 251 | 71 | 34 | 11 | 20 | 3 | 305 | 85 | ||
- appearances in UEFA Champions League qualifying
- appearances in UEFA Europa League qualifying
- goal in UEFA Europa League qualifying
- appearances in UEFA Europa League qualifying
- goals in UEFA Europa League qualifying
- appearances in UEFA Europa League
- appearances in UEFA Europa League qualifying
Xalqaro
- 15-oktyabr, 2019-yil
| Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
|---|---|---|---|
| Bosniya va Gersegovina | 2017 | 3 | 0 |
| 2018 | 6 | 0 | |
| 2019 | 3 | 0 | |
| Jami | 12 | 0 | |
Yutuqlari
Konyaspor
- Turkiya kubogi: 2016—2017.
Individual
- Bosniya Premyer-ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2014—2015.