Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Joseph Robinette „Joe“ Biden Jr. (talaffuzi: Josef Robinett „Jo“ Bayden; 1942-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — amerikalik davlat va siyosiy arbob, AQSHning 46-prezi

Joe Biden

Joseph Robinette „Joe“ Biden Jr. (talaffuzi: Josef Robinett „Jo“ Bayden; 1942-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — amerikalik davlat va siyosiy arbob, AQSHning 46-prezidenti (2021—2025). Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Biden bungacha 1973-yildan 2009-yilga qadar Delaver shtatidan senator hamda 2009-yildan 2017-yilga qadar 47-vitse-prezident vazifalarini bajargan.

Jo Biden

Rasmiy portret (2021)
46-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti
Mansab davri
20-yanvar 2021-yil – 20-yanvar 2025-yil
Vitse-prezident Kamala Harris
Oʻtmishdoshi Donald Trump
47-Amerika Qoʻshma Shtatlari vitse-prezidenti
Mansab davri
20-yanvar 2009-yil – 20-yanvar 2017-yil
Prezident Barack Obama
Oʻtmishdoshi Dick Cheney
Vorisi Mike Pence
AQSh senatori (Delaverdan)
Mansab davri
3-yanvar 1973-yil – 15-yanvar 2009-yil
Oʻtmishdoshi J. Caleb Boggs
Vorisi Ted Kaufman
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Joseph Robinette Biden Jr.

20-noyabr 1942-yil (1942-11-20) (83 yosh)
Skranton, Pensilvaniya, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSH
Siyosiy partiyasi Demokratlar (1969—hozirgacha)
Turmush oʻrtogʻi
  • Neilia Hunter
    (turm. 1966; vaf. 1972)
  • Jill Jacobs (turm. 1977)
Bolalari
  • Beau
  • Hunter
  • Naomi
  • Ashley
Ota-onasi
  • Joseph Robinette Biden Sr. (otasi)
  • Catherine Eugenia Biden (onasi)
Alma mater
  • Delaver universiteti (bakalavr)
  • Sirakuza universiteti
Kasbi
  • Siyosatchi
  • huquqshunos
  • muallif
Imzosi
Vebsayti
  • Kampaniya sayti
  • Oq uy sayti

Biden Pensilvaniya shtatining Skranton shahrida tugʻilib oʻsgan. 1953-yili Biden oʻn yoshligida oilasi bilan Delaver shtatidagi New Castle Countyga koʻchib oʻtadi. U 1968-yilda Sirakuz universitetini tamomlab, huquq boʻyicha bakalavr darajasini oldi va Delaver universitetiga oʻqishga kirdi. 1970-yilda u Nyu-Kasl okrugi Kengashiga senator etib saylandi va buning ortidan AQSH tarixida oltinchi eng yosh senator boʻldi. Keyinchalik, 1972-yilga kelib, Biden Delaverdan AQSh senatori etib saylandi, bu paytda u 29 yoshda boʻlgan.

2008-yilgi prezidentlik saylovlarida Biden Barack Obamaning yordamchisi (vitse-prezident) sifatida qatnashib, John McCain va uning yordamchisi Sarah Palin ustidan gʻalaba qozonishdi. Obama va Biden 2012-yilgi prezidentlik saylovlarida Mitt Romney va uning yordamchisi Paul Ryan ustidan gʻalaba qozonib, ikkinchi muddatga qayta saylanishdi.

Biden 2020-yilgi saylovlarda Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod boʻlib, AQSh prezident Donald Trump bilan raqobatlashdi va gʻalaba qozondi.

Dastlabki hayoti

Joseph Robinette Biden Jr. 20-noyabr 1942-yili Pensilvaniya shtatining Skranton shahridagi St. Mary shifoxonasida dunyoga keldi. Onasi – Catherine Eugenia „Jean“ Biden (qizlik familiyasi Finnegan), otasi – Joseph Robinette Biden Sr. Katolik oilada toʻngʻich farzand boʻlgan Bidenning bir singli – Valerie hamda ikki ukasi – Francis va James mavjuddir. Jean irland kelib chiqishga, Joseph Sr. Esa ingliz, fransuz va irland kelib chiqishga ega boʻlgan.

Saylov tarixi

Saylov natijalari
Yil Lavozim Partiya Biden uchun ovozlar % Raqib Partiya Ovozlar %
1970 New Castle County Council, 4-okrug Demokratlar 10,573 55 % Lawrence T. Messick Respublikachilar 8,192 43 %
1972 AQSh senatori Demokratlar 116,006 50 % J. Caleb Boggs Respublikachilar 112,844 49 %
1978 Demokratlar 93,930 58 % James H. Baxter Jr. Respublikachilar 66,479 41 %
1984 Demokratlar 147,831 60 % John M. Burris Respublikachilar 98,101 40 %
1990 Demokratlar 112,918 63 % M. Jane Brady Respublikachilar 64,554 36 %
1996 Demokratlar 165,465 60 % Raymond J. Clatworthy Respublikachilar 105,088 38 %
2002 Demokratlar 135,253 58 % Raymond J. Clatworthy Respublikachilar 94,793 41 %
2008 Demokratlar 257,484 65 % Christine O'Donnell Respublikachilar 140,584 35 %
2008 Vitse-prezident Demokratlar 69,498,516
365 ta ovoz (270 ta ovoz kerak)
53 % Sarah Palin Respublikachilar 59,948,323
173 ta ovoz
46 %
2012 Demokratlar 65,915,795
332 ta ovoz (270 ta ovoz kerak)
51 % Paul Ryan Respublikachilar 60,933,504
206 ta ovoz
47 %
2020 Prezident Demokratlar 81,268,924
306 ta ovoz (270 ta ovoz kerak)
51 % Donald Trump Respublikachilar 74,216,154
232 ta ovoz
47 %

Galereya

Yana qarang

Yuqori