Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Gavhar Zokirova (1949-yil 10-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik teatr va kino aktrisasi. Dublaj ustasi. Botir Zokirov nomidagi Milliy Estrada

Gavhar Zokirova

Vikipediyada ismi Gavhar va familiyasi Zokirova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Gavhar Zokirova (1990) Dezdemona obrazi

Gavhar Zokirova (1949-yil 10-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik teatr va kino aktrisasi. Dublaj ustasi. Botir Zokirov nomidagi Milliy Estrada Instituti Professori. Oʻzbekiston xalq artisti(2016).Abdulla Avloniyning evarasi.

Gavhar Zokirova
Tavalludi
Zokirova Gavhar Akmalovna

10-sentyabr 1949-yil (1949-09-10) (76 yosh)
Toshkent Oʻzbekiston Oʻzbekiston Sovet Ittifoqi SSSR
Fuqaroligi Oʻzbek
Kasbi Aktrisa
Filmlari
  • To'ylar Muborak
  • Olmos kamar
  • Sarvinoz
  • Sevinch
  • Kulba
Janr Drama
Amplua Drama, Jiddiy Komediya
Faoliyat yillari 1971- hozirgi vaqtgacha
Yoʻnalish Dramatik Teatr Aktyorligi
Turmush oʻrtogʻi Jamshid Zokirov
Bolalari Javohir Zokirov Oxista Zokirova
Qarindoshlari Abdulla Avloniy
Mukofotlari
Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti — Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR davlat mukofoti

Biografiyasi

Gavhar Zokirova 1949-yilda Toshkent viloyatining Toʻytepa tumanida tugʻilgan. Gavhar Zokirovaning otasi harbiylik kasbida faoliyat yuritgan boʻlsa, onasi shu vaqtning oʻzidan injinerlik sohasida faoliyat olib borgan. Gavhar Zokirova oilada bir nafar oʻgʻildan keyingi qiz farzand hisoblanadi. Oʻrta maktabni tugatgach,Toshkentdagi Politexnika institutiga oʻqishga kiradi, lekin Gavhar Zokirovaning sanʼatga boʻlgan qiziqishi oʻqishni Toshkent davlat teatr va rassomlik institutida davom ettirishga undaydi. Bu Oliygohni 1971-yilda tugatgan. 1971-yildan hozirgacha Hamza nomidagi Oʻzbek Davlat akademik drama teatri aktrisasi. Teatr sahnasida ijro etgan birinchi roli "Parvoz" spektaklidagi Sanam obrazidir. Teatr sahnasida 100dan ortiq spektaklda yetuk obrazlar yaratgan. Eng yaxshi rollari: Gulsanam (" Abu Rayhon Beruniy"), Amaliya („Qaroqchilar“), Agafya („Uylanish“), Liza („Tirik Murda“), Jamila, Gulbahor („Boy ila xizmatchi“), Bianka, Dezdemona („Otello“), Ayol („Taqdir eshigi“), Gulnor („Qutlugʻ qon“), Teadora (ʼʼFata Morganaʼʼ), Dilorom("Oltin Devor"), Mehri ("Kelinlar Qoʻzgʻoloni"), Kumush (ʼʼAbdulla Qodiriyning Oʻtkan Kunlariʼʼ), Bibixonim („Sohibqiron Temur“), Farishta („Shayton va farishta“) Gulsara (ʼʼNajot Istabʼʼ), Laura ("Armon"), Umida (ʼʼTanho Yulduzʼʼ) Zahro ("Oʻzgalar Dardiʼʼ) va b. Kinoda Nigora („To'ylar muborak“), Guli („Yulduzingni ber osmon!“); videofilmlarda Vazira („Olmos kamar“), Hamshira („Abadiyat qonuni“), Guliraʼno („Domla“), Nasiba („Shaytanat“) kabi obrazlar yaratgan. ʼʼBoy ila Xizmatchiʼʼ spektaklidagi Gulbahor obrazi uchun Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan (1989). O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasiga ko'ra, Gavhar Zokirova dramatik teatr aktyorligi yo'nalishi bo'yicha Sora Eshontoʻrayeva va Yayra Abdullayeva dan keyingi barcha davrlar o'zbek Teatrining eng yaxshi aktrisasi deb e'tirof etilgan.

Oila

Gavhar Zokirova boʻlajak turmush oʻrtogʻi mahoratli aktyor Jamshid Zokirov bilan birga sanʼat institutida birga tahsil olishgan. 1971-yilda aktyor Jamshid Zokirov bilan oila qurishadi. Bu juftlikdan bir nafar oʻgʻil: mahoratli aktyor va rejjisor Javohir Zokirov va saʼnatshunos Ohista Zokirova dunyoga kelgan. Ammo oilaning baxtiga 2012-yilda putur yetdi: Jamshid Zokirov uzoq vaqt saraton bilan kurashdan soʻng 63 yoshida hayotdan koʻz yumdi.

Ajdodlari

Gavhar Zokirovaning ona tomonidan bobosi Abdulla Avloniydir.

Filmlar

Yil Nomi Rol
1978 "Toʻylar muborak" Nigora
1986 "Olmos kamar"
1986 "Bolalik bekatidagi poyezd" Dorixonachi
1988 "Tepalik"
1990 "Tangalik bolalar" Teatr aktrisasi
1991 "Temir erkak" Gavhar
1991 "Jungli qonuni boʻyicha" Hamshira
2004 "Sarvinoz" Ofat opa
2004 "Sevinch" Doniyorning onasi
2005 "Sarvinoz 2: (Baxt uchun million) Ofat opa
2012-2014 "A u nas vo dvore…" Movludaning onasi
2015 "Mehmonxona" Mavjuda
2017 "Kulba"

Bundan tashqari, Gavhar Zokirova atoqli yozuvchi Tohir Malik qalamiga mansub „Shaytanat“ asari asosoida film suratga olinganda turmush oʻrtogʻi Jamshid Zokirov bilan juftlik hosil qilib, rol ijro etishgan.

Yutuqlar

  • Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artisti 1988-yil
  • Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR davlat mukofoti 1989-yil
  • Oʻzbekiston xalq artisti 2016-yil
  • Buyuk xizmatlari uchun ordeni 2019-yil
  • Fidokorona xizmatlari uchun ordeni 2020-yil
Yuqori