Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Niso surasi (arabcha: سورة النساء‎‎, nomining maʼnosi — Ayollar) — Qurʼonning 4-surasi. Madiniy suralardan biri, 176 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 77–106-s

Niso surasi

Niso surasi (arabcha: سورة النساء‎, nomining maʼnosi — Ayollar) — Qurʼonning 4-surasi. Madiniy suralardan biri, 176 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 77–106-sahifasida va 4-6-juzida joylashgan. 92-boʻlib nozil boʻlgan. Bu sura uzun suralardan biri hisoblanadi. U musulmonlarning ichki va tashqi ish faoliyatlariga doir shariat ahkomlari bilan toʻla bir suradir. Unda ayol, uy, oila, davlat, jamiyatga aloqador boʻlgan muhim masalalarga javob beriladi hamda birovlarning qaramogʻidagi yetim-yesirlar va ularning haq-huquqlari toʻgʻrisida soʻz boradi. Bu surada, shuningdek, meros hukmlari ham batafsil bayon qilingan.

Moida    4–sura   Oli Imron
Niso surasi — سورة النساء
Qurʼon nusxalaridan biridagi Niso surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 176, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 4, qora rangda - Niso surasi va Madaniy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 92, 3. Rukuʼsi soni - 24; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Madaniy, 2. Tilovat tartibi:4, 3. Nozil boʻlish tartibi:92, 4. Rukuʼsi:24, 5. Oyati:176, 6. Porasi (Juzi):4-6 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Ayollar
Tasnifi Madaniy sura
Statistika
Sahifasi 77–106
Juz 4-6
Sura raqami 4
Oyatlar soni 176
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 24
Muqattaot harflari yoʻq
Soʻzlar soni 3 712
Harflar soni 15 937
Nozil boʻlish tartibi 92

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Moida surasi  Keyingisi 4 Oldingisi  Oli Imron surasi
Nozil boʻlish tartibi
Zalzala surasi   Keyingisi 92 Oldingisi  Mumtahina surasi
                                   

Bulardan tashqari, er-xotin oʻrtasidagi aloqalar — ularning bir-birlari oldidagi huquq va burchlari hamda er oilada boshliq ekani va bu huquqdan u qanday foydalanishi lozimligi haqida yoʻl-yoʻriqlar beriladi. Soʻngra oila doirasidan jamiyat miqyosiga chiqib, jamiyat mustahkam boʻlishi uchun kishilar oʻrtasida birdamlik va mehr-shafqat, xolislik va bagʻrikenglik barqaror boʻlishi zarurligi oʻziga xos uslubda uqtiriladi. Bu surada boshqa suralarga nisbatan ayollarga oid shariat hukmlari koʻp va batafsil bayon etilganligi sababli unga "Niso" nomi berilgan.

Yuqori