Ravzat us-safo (toʻliq nomi: روضة الصفا في سیرة الانبياء والملوك والخلفاء „Ravzat us-safo fi siyrat ul-anbiyo va-l-muluk va-l-xulafo“ („Paygʻambarlar, podsholar va xalifalarning tarjimai holi haqida jannat bogʻi“) — Muhammad Mirxond tomonidan Islomning paydo boʻlishi, dastlabki islom sivilizatsiyasi hamda Eron tarixiga bagʻishlangan fors tilida bitilgan tarixiy asar. Asar dastlab milodiy 1497-yilda yozila boshlagan. „Ravzat us-safo“ 8 jild va xulosadan iborat boʻlib 8-jildi geografik koʻrsatkichlardan iborat. Asar juda ilmiy yoʻsinda yozilgan boʻlib, Mirxond oʻn toʻqqizta yirik arab tarixiy manbalari hamda yigirma ikkita oʻz davrining mashhur fors tarixiy manbalariga murojaat etgan va baʼzida ulardan iqtibos keltirgan Uning ijodi keyingi koʻplab tarix asarlarga, jumladan, Xoji Xalfaning asarlariga asos boʻldi.

Tarixiy asar quyidagi masalalarni qamrab oladi:
- Dunyoning „yaratilishi“dan to Sosoniy Yazdigard III (632-651) davrigacha oʻtgan tarixiy voqealar;
- Muhammad paygʻambar va birinchi toʻrt xalifa davrida boʻlib oʻtgan voqealar;
- Oʻn ikki imom tarixi; Umaviya va Abbosiya xalifalari;
- Abbosiylar bilan zamondosh boʻlgan sulolalar (asosan Eron, Markaziy Osiyo va Hindistonda);
- Moʻgʻullar, Chingizxon, uning avlodi, Eron va baʼzi qoʻshni mamlakatlarda moʻgʻullar hamda ulardan keyin Amir Temur davrigacha mavjud boʻlgan sulolalar;
- Amir Temur va uning zamonidan to Sulton Abu Saʼid oʻlimigacha (1469) boʻlib oʻtgan voqealar;
- Sulton Husayn Boyqaro va uning farzandlarining tarixi (1523 yilgacha).
Uslubi
Mirxond oʻz asarida tarixiy urf-odatlarni tanqidiy oʻrganishga unchalik urinmadi va bejirim hamda tez-tez dabdabali uslubda yozdi. Bu asar yetti katta jild va geografik koʻrsatkichdan iborat; lekin yettinchi jild yaʼni sulton Husaynning tarixi, 1523-yilgacha boʻlgan baʼzi voqealar haqida qisqacha maʼlumotlarning (muqaddimani oʻzi yozgan boʻlishi mumkin) asosiy qismini davom ettirgan va unga qoʻshimchaning bir qismini nabirasi, tarixchi Xondamir (1475-1534) yozib qoldirgan.
Qoʻlyozma nusxalari
Eron, Vena, Parij va Londonda turli xil forscha qoʻlyozma dubletlari saqlanmoqda. 1843-yilda Parijda fors nashri "Histoire des Samanides par Mirhond" nomi bilan nashr etilgan. Asar 1843-yilda (Parij) fors tilida Mumbay (1848 yoki 1852)da litografik tarzda toʻliq nashr etildi. Grant tarzida Abbos Parviz (1959-yilda Tehronda) umumiy tahriri ostida „تاریخ روضت الصفا“ (Tarix-i Ravzat as-Safa) nomi bilan 7 jildda nashr etilgan.
Tarjimalari
"Rawżat aṣ-ṣafāʾ" mashhurligi tufayli bir necha bor nashr va koʻplab tillarga tarjima qilingan. Taxminan 1596-yilda Pedro Teysheira „Rawżat aṣ-ṣafā̄ʾ“ning ispancha tarjimasini tayyorladi. Kitob qisman ingliz tiliga 1715-yilda tarjima qilingan. 1782-yilda Tohiriylar va Safforiylar qismlari (2, 3, 4-boblar) lotin tiliga tarjima qilindi. Shuningdek Sosoniylarga bagʻishlangan (1,2-boblar) 1793-yilda fransuz tiliga oʻgirildi.
1892-yildan 1893-yilgacha birinchi kitobning (Rashidun xalifalariga qadar) ingliz tiliga tarjimasi sharqshunos Edvard Rehatsek tomonidan tayyorlangan va Forster Fitzgerald Arbuthnot tomonidan ikki jildda nashr etildi.
Bulardan tashqari „Ravzat us-safo“ rus va eski oʻzbek tillariga ham tarjima qilingan.
Elektron varianti
- Elliot, H. M. (Henry Miers), Sir „23. Rawżat aṣ-ṣafāʾ,of Mirkhond“, . The History of India, as Told by Its Own Historians. The Muhammadan Period (Vol 4.). London : Trübner & Co., 1871.
Izohlar
- Imamate(Wayback Machine saytida 2009-08-21 sanasida [https://web.archive.org/web/20090821032700/http://www.al-islam.org/imamate/biblio.htm arxivlangan)
- Baʼzida sana transkripsiya xatosi tufayli 1417-deb koʻrsatiladi; ammo, Mirxond 1433-yilgacha tugʻilmagan; batafsil maʼlumot: The History of India, as Told by Its Own Historians: The Muhammadan Period, ed. John Dowson (London: Trübner and Co., 1872), 127-129; OCLC 3425271, asarning toʻliq varianti manbasi: Google Books.
- Salaam Knowledge, 2016-03-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-10-16
- Elliot, History, 129
- https://oriftolib.uz/kutubxona/mirxond-1433-1498/#[sayt ishlamaydi]
- Andrew J. Newman, University of Edinburgh Society and Culture in the Early Modern Middle East: Studies on Iran in the Safavid Period. Leiden, Brill, 2003, xxi + 429 p. Page 24 "E. Rehatsek as Rauzat-us-sqfa or, Garden of Purity. 3 vols, ed. F.F. Arbuthnot, Oriental Translation Fund, New Series 1 (London: Royal Asiatic Society, 1891)
- M. Th Houtsma E.J. Brill’s First Encyclopaedia of Islam, 1913-1936 reprint 1987 Page 515 MIR KHAWAND. historian, author of the Rawdat al-Safaʼ („Garden of Purity“)
- Mīr-Khvānd, History of Persia …: to which is added an abridgment of the lives of kings of Harmuz, or Ormuz, transl. from Spanish text of Pedro Teixeira by John Stevens (London: J. Brown, 1715); OCLC 82155967
- Mīr-Khvānd, Historia priorum regum Persarum: Post firmatum un regno Islamismum, transl. Freiherr von Bernhard Jenisch (Vienna: Typis Josephi Nobilis de Kurzbeck, 1782); OCLC 46759841
- Mīr-Khvānd, Mémoires sur diverses antiquités de la Perse, et sur les médailles des rois de la dynastie des Sassanides; suivis de l’Histoire de cette dynastie, traduite du Persan de Mirkhond, transl. Silvestre de Sacy|Antoine Isaac Silvestre de Sacy (Paris, 1793); OCLC 150200240, Google Books, p. 271.
- Mīr-Khvānd, The Rauzat-us-safa, or, Garden of purity: containing the histories of prophets, kings, and khalifs by Muhammad bin Khâvendshâh bin Mahmûd, commonly called Mirkhond, transl. Edward Rehatsek, ed. Forster Fitzgerald Arbuthnot (London: Royal Asiatic Society of Great Britain and Ireland, 1892 and 1893); OCLC 1549524.