Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Komilov Muzaffar Murotovich – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi, Oʻzbekisto

Muzaffar Komilov

Vikipediyada ismi Muzaffar va familiyasi Komilov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Komilov Muzaffar Murotovich – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi amaldagi rektori (2021– 2023) (2024-).

Muzaffar Komilov
Muzaffar Komilov Murotovich
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori
Mansab davri
2022-yil 2-fevral – 2023-yil
Oʻtmishdoshi Shoazim Shoislomovich Minovarov
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori
Mansab davri
2024-yil – hozirga qadar
Oʻtmishdoshi Uygʻun Gʻofurov

Faoliyati

Muzaffar Komilov 2018-yilga qadar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida boshqarma boshligʻi lavozimida, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlarida prorektor lavozimlarida ish olib borgan. 2018-yil 18-aprel sanasidan boshlab Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ish olib borgan. Hukumatning 2021-yil 25-may kunidagi 323-son qaroriga binoan Muzaffar Komilov Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlanadi. 2022-yil 2-fefral kunidan boshlab Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosar lavozimidan ozod qilindi, Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga qoʻyilgani haqidagi xabarni Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov eʼlon qilgan. Ushbu lavozim bilan birga Muzaffar Komilov bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori sifatida ish olib borishda davom etgan.

2021-yil Muzaffar Komilov Rossiya Federatsiyasida joylashgan Bolgar islom akademiyasida „Zamonaviy taʼlim tizimida islomshunoslik va islom ilohiyoti fanlari: muammolar va istiqbol rejalari“ haqidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etgan.

2023-yil Saudiya Arabistonining Makka viloyatidagi Jidda shahrida 9-yanvardan 12-yanvar kunlari boʻlib oʻtgan Haj va umra xizmatlari konferensiya-koʻrgazmasida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham qatnashagan. Delegatsiyasi aʼzolari sifatida Prezidentining maslahatchisi Muzaffar Komilov, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov hamda Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Sodiq Toshboyevlar qatnashgan.

Yana qarang

  • Prezident administratsiyasi
Yuqori