Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Sirojiddin Sayyid (asl ism-sharifi Saidov Sirojiddin Salohovich, 1958-yil 30-oktabr, Sariosiyo tumani Kundajuvoz qishlogʻi) – shoir.

Sirojiddin Sayyid

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sirojiddin Sayyid
Saidov Sirojiddin Salohovich
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1958-yil 30-oktyabr (1958-10-30) (68 yosh)
Kundajuvoz qishlogʻi, Sariosiyo tumani, Surxondaryo viloyati
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi→ UZB
Millati oʻzbek
Siyosiy partiyasi OʻzLiDeP
Kasbi shoir
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Sirojiddin Sayyid (asl ism-sharifi Saidov Sirojiddin Salohovich, 1958-yil 30-oktabr, Sariosiyo tumani Kundajuvoz qishlogʻi) – shoir.

Taʼlim

1979-yilda Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.

Qilgan ishlari

„Toshkent oqshomi“ (1980—89), „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ (1989—90; 1991—96) gazetalari va „Mushtum“ jurnalida (1990—91) adabiy xodim, boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruv raisi oʻrinbosari (2001—03), birinchi oʻrinbosari (2003—2018), 2018-yildan Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasining raisi sifatida faoliyat olib boradi.

Siyosiy faoliyati

2020-yil 18-yanvarda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirojiddin Saidovni Oliy Majlis Senatori etib tayinlash toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi.

2020-yil 11-sentabrda OʻzLiDeP siyosiy kengashiga tasdiqlandi.

Ijodi

Ilk sheʼrlar toʻplami – „Ruhim xaritasi“ (1985). Shundan keyin uning „Salqin harsanglar kaftida“ (1987), „Sevgi mamlakati“ (1989), „Asragil“, „Mehr qolur, muhabbat qolur“ (1990), „Kuydim“ (1994), „Vatanni oʻrganish“ (1996), „Vatan abadiy“ (2001) va boshqa toʻplamlari nashr etilgan. Sirojiddin Sayyid sheʼriyatida oʻzbek mumtoz sheʼriyati anʼanalari bilan birga xalq ogʻzaki ijodiga xos xususiyatlar – xalqchillik, soddalik, tilning shiraligi, Surxondaryo shevasiga xos leksik va musiqiy tovlanishlar yetakchilik qiladi. Shuning uchun uning aksariyat sheʼrlari ashulaga aylangan. Ayni paytda Sirojiddin Sayyid oʻz ijodida oʻzbek sheʼriyatining soʻnggi badiiy yutuqlarini oʻzlashtirgan holda hozirgi voqelikda va kishilarning ruhiy olamida yuz berayotgan oʻzgarishlarni aks ettirmoqda.

Mukofoti

  • 1999-yilda „Doʻstlik“ ordeni
  • 2006-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri“.
  • 2021-yilda „Mehnat shuxrati“ ordeni.
  • 2025-yilda „El-yurt hurmati“ ordeni.
Yuqori