![]() Sterling Angliya bilan 2018-yilgi jahon chempionatida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Raheem Shaquille Sterling | ||
| Tavallud sanasi | 1994-yil 8-dekabr | ||
| Tavallud joyi | Kingston, Yamayka | ||
| Boʻyi | 5 fut 7 inches (1.70 m) | ||
| Ampluasi | Vinger, Hujumchi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1999-2003 | Alpha & Omega | ||
| 2003—2010 | Queens Park Rangers | ||
| 2010—2012 | Liverpool | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2012—2015 | Liverpool | 95 | (18) |
| 2015—2022 | Manchester City | 225 | (91) |
| 2022—2026 | Chelsea | 59 | (14) |
| 2024—2025 | → Arsenal | 17 | (0) |
| 2026 | Feyenoord | 8 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2009—2010 | Angliya U16 | 7 | (1) |
| 2010—2011 | Angliya U17 | 13 | (3) |
| 2012 | Angliya U19 | 1 | (0) |
| 2012—2013 | Angliya U21 | 8 | (3) |
| 2012—2022 | Angliya | 82 | (20) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (21-avgust uchun) | |||
Raheem Shaquille Sterling (1994-yil 8-dekabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchisi, hujumkor qanot yarim himoyachi va vinger sifatida oʻynaydi.
Yoshlik yillari

Ota-onasi Yamaykada tugʻilgan Sterling besh yoshida Londonga koʻchib kelgan. U 2010-yilda „Liverpool“ bilan shartnoma imzolashdan oldin „Queens Park Rangers“ jamoasida toʻp surgan. 2014-yilda „Golden boy“ mukofoti bilan taqdirlangan. 2015-yil iyul oyida yangi shartnoma boʻyicha uzoq davom etgan bahsdan soʻng, u „Manchester Siti“ tomonidan 49 million funt sterlinglik transferga imzo chekgan. Bu oʻsha paytda ingliz futbolchisi uchun toʻlangan eng yuqori transfer narxi boʻlib, Sterling 2017-18 va 2018-19-yilgi mavsumlarda „Manchester Siti“ga ketma-ket Premer-liga chempionligini qoʻlga kiritishda yordam bergan. 2018-19-yilgi mavsumda u PFA Premer-ligasida yilning eng yaxshi jamoasi deb topildi va PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi va FWA yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinlari bilan taqdirlangan.
Terma jamoa safida
Sterling Angliya terma jamoasidagi debyutini 2012-yilning noyabr oyida oʻtkazgan, Angliya yoshlar jamoasi tarkibida 16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan bahslarda ishtirok etgan. U 2014-va 2018-yillarda futbol boʻyicha jahon chempionati va 2016-va 2020-yillarda UEFA Yevropa chempionati uchun Angliya terma jamoasi safida ishtirok etgan.

Sterling 2010-yilning fevral oyida oʻsha paytdagi akademiya direktori Frenk Makparlend va Rafael Benites tomonidan „Queens Park Rangers“ akademiyasidan „Liverpool“ tomonidan 450 000 funt sterlingga boshlangʻich toʻlov evaziga, asosiy jamoada qancha oʻyin oʻtkazganiga qarab 2 million funt sterlinggacha koʻtarilishi mumkin boʻlgan shartnoma tuzishgan.
2012-yil 24-mart kuni Sterling 17 yoshu 107 kunligida „Wigan Athletic“ga qarshi liga oʻyinida „Liverpul“ jamoasi tarkibida zaxira oʻyinchisi sifatida debyut qilgan va klubda oʻynagan eng yosh uchinchi futbolchiga aylangan.
2012-yil avgust oyida u klub uchun Yevropadagi debyutini oʻtkazgan hamda UEFA Yevropa Ligasi saralash bosqichi doirasida Gomelga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan. Keyingi hafta Sterling „Bayer Leverkusen“ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida birinchi boʻlimda jamoasi tarkibidagi ilk golini urgan. 2012-yilning 23-avgustida u „Liverpul“ safidagi ilk oʻyinini Yevropa ligasi saralash bosqichi doirasida „Harts“ mehmoni boʻlgan oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba bilan boshlagan. U ligadagi ilk uchrashuvini uch kundan soʻng Enfildda Manchester Siti bilan 2:2 hisobida durang oʻynagan. Sterling 2-sentabr kuni „Arsenal“ga, 15-sentabrda „Sanderlend“ga qarshi oʻyinda toʻliq 90 daqiqa oʻynab, bitta golli uzatmani amalga oshirishga erishgan shu bilan bir qatorda Sterling uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilgan. 20-oktabr kuni Sterling „Liverpul“ safidagi birinchi yirik raqobatdosh golini „Reading“ga qarshi oʻyinda 1:0 hisobidagi gʻalabaning 29-daqiqasida jarima maydonchasi chetidan zarbasi bilan kiritgan. Natijada u faqat Maykl Ouenni ortda qoldirib, „Liverpul“ safida gol urgan eng yosh ikkinchi futbolchiga aylangan.

2012-yilning 21-dekabrida Sterling shartnomani uzaytirishga qaror qilgan va kelajagini „Liverpul“ga topshirgan. U 2013-yilning 2-yanvarida „Sanderlend“ga qarshi oʻyinda darvozabon Simon Minyoleni ortda qoldirib, 3:0 hisobida gʻalaba qozonib, klub uchun ligadagi ikkinchi golini kiritgan.
2015-yilning 12-iyulida uning dastlabki 44 million funt sterling evaziga „Manchester Siti“ga transferi boʻyicha kelishuv amalga oshirilgan. Yana 5 million funt sterling qoʻshimcha pul berilishi, uni barcha davrlarning eng qimmat ingliz futbolchisiga aylantirgan. 14-iyul kuni Sterling rasman „Manchester Siti“ga kelib, 5 yillik shartnoma tuzgan. Uning debyuti 10-avgust kuni „Vest Bromvich“ uyida boʻlib, 3:0 hisobidagi gʻalaba bilan boshlagan. Oʻn toʻqqiz kun oʻtgach, Sterling „Manchester Siti“ stadionida „Uotford“ga qarshi oʻyinda (2:0) „Manchester Siti“ uchun birinchi golini kiritgan. Raheem Sterling 17-oktabr kuni „Bornmut“ ustidan 5:1 hisobida gʻalabaga erishganida, faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etgan.
Sterling „Liverpool“ jamoasining kattalar tarkibida 31-avgust kuni Uayt Xart Leynda „Tottenxem“ga qarshi 3:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda ilk golni kiritgan va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Sterling „Liverpul“da avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilgan.
2022-yilning 13-iyulida Sterling „Chelsi“ bilan 47,5 million funt sterling evaziga 5 yillik shartnoma tuzgan. 6-avgust kuni u Premer-ligada „Everton“ga qarshi safarda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan holda klub debyutini oʻtkazgan.
- 8-dekabrda tugʻilganlar
- 1994-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Angliyalik erkak futbolchilari
- Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari
- Queens Park Rangers F.C. futbolchilari
- Liverpool F.C. futbolchilari
- Manchester City F.C. futbolchilari
- Chelsea F.C. futbolchilari
- Arsenal F.C. futbolchilari
- Feyenoord futbolchilari
- Eredivisie futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Angliyalik muhojir erkak futbolchilar
- Niderlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Angliya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- Angliya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari
- Golden Boy gʻoliblari
- Britaniya imperiyasi ordeni sohiblari
