| Gukesh D | |
Gukesh D, 2019-yil Karlsruheda | |
| Tugʻilgan sanasi: | 2006-yil 29-may |
| Tugʻilgan joyi: | Chennay, Tamilnad, Hindiston |
| Unvoni: | Grossmeyster (2019-yil) |
| Maksimal reytingi: | 2699 (Avgust, 2022-yil) |
| Hozirgi reytingi : | 2699 (Avgust, 2022-yil) |
Dommaraju Gukesh (tamilcha: குகேஷ்; 2006-yil 29-may, Chennay, Hindistonda tugʻilgan), Gukesh D nomi bilan tanilgan hindistonlik shaxmatchi. U FIDE tomonidan 2019-yil mart oyida grossmeyster unvoniga loyiq koʻrilgan tarixdagi eng yosh uchinchi shaxmatchidir. 18-jahon chempioni. Shaxmat tarixadagi eng yosh chempion.
Biografiyasi
Gukesh 2006-yilning 29-may sanasida Tamilnad shtatining Chennay shahrida tavallud topgan. Uning otasi Rajnikanth quloq, burun va tomoq jarrohi; onasi Padma esa mikrobiolog sifatida faoliyat koʻrsatadi. Yosh grossmeyster yetti yoshidanoq shaxmatni oʻrganishni boshlagan. U Velammal Vidyalaya, Mel Ayanambakkam, Chennay shahrida tahsil oladi.
Faoliyati
Gukesh 2015-yilda maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatida 9 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar va 2018-yilda boʻlib oʻtgan shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 12 yoshgacha boʻlganlar toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
Shuningdek, 2018-yilgi shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 12 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida yakkalik rapid va blitz, U-12 jamoaviy rapid va blitz hamda U-12 yakkalik toifasidagi klassik formatda beshta oltin medalni qoʻlga kiritgan. Sportchi 2018-yil mart oyida 34-chi Cappelle-la-Grande Open musobaqasida xalqaro usta unvoni uchun loyiq koʻriladi.
Gukesh eng yosh grossmeyster sifatida Sergey Karjakinni deyarli ortda qoldiradi, biroq rekordini qaytalash uchun 17 kunga kechikadi. U 2019-yil 15-yanvarda 12 yosh, 7 oy va 17 kunligida tarixdagi uchinchi eng yosh grossmeysterga aylanadi. Biroq, sportchi 2022-yil holatiga koʻra Hindistonning eng yosh shaxmat ustasi boʻlib qolmoqda. 2021-yil iyun oyida u Julius Baer Challengers Chess Tour, Gelfand Challenge musobaqasida 19 balldan 14 ball toʻplagan holda gʻoliblikni qoʻlga kiritadi.
2022-yilning avgust oyida oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasida 8 oʻyin davomida 8 ball jamgʻarib oʻziga xos maglubiyatsiz seriya qayd etdi va 8-aylanada 1-pogʻonada borayotgan AQSh terma jamoasini magʻlub etishga yordam berdi. U musobada davomida 11 balldan 9 ball toʻplagan holda, 2867 ELO koʻrsatkichi bilan, 1-taxtada oltin medalni qoʻlga kiritdi.
- 29-mayda tugʻilganlar
- 2006-yilda tugʻilganlar
- Shaxmatchilar
- Yashayotgan insonlar
- Shaxmat grossmeysterlari
- Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Hindiston shaxmatchilari