| Charlie Hunnam | |
|---|---|
| Hunnam 2017-yilda | |
| Tavalludi | Charles Matthew Hunnam 1980-yil 10-aprel Nyukasl apon Tayn, Angliya, Birlashgan Qirollik |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Aktyor |
| Faoliyat yillari | 1998–hozirgacha |
| Turmush oʻrtogʻi | Katharine Towne (turm. 1999; ajr. 2002) |
Charlie Hunnam (talaffuzi: Charli Hannem; 1980-yil 10-aprelda tugʻilgan; Nyukasl apon Tayn, Angliya, Buyuk Britaniya) — ingliz aktyori.
Hayoti
Charlie Hunnam 1980-yil 10-aprel sanasida Nyukasl-apon Tayn shahrida tavallud topgan. Charliening otasi Uilyam „Billi“ Hunnam (1952—2013) temir sotuvchisi boʻlib ishlagan, otasi Charlie 2 yoshligidayoq oilasini tashlab ketgan. Onasi Jeyn Bell esa balerina hamda oʻzining shaxsiy biznes faoliyatini olib borgan. Charliening soʻzlariga koʻra, onasi yolgʻiz ona sifatida farzandlariga juda yaxshi tarbiya bera olgan.. Charliening katta akasi Uilyam hamda ikkita kichik oʻgay ukasi Oliver va Kristianlar boʻlgan. Charlie 12 yoshligida, onasi turmushga chiqgach, Charlie Kambriyaning Melmerbi qishlogʻiga koʻchib oʻtdi. Buvilaridan biri portret chizgan.
Charlie mizofobiya, mikroblar va iflosliklardan qoʻrqardi. Yoshligida u regbi oʻynagan va sinfdoshlari bilan jang qilgan, shuning uchun u Kumbriyaning Penrit shahridagi Qirolicha Yelizaveta Grammatika maktabidan haydalgan, bu esa uni imtihonni uyda topshirishiga sabab boʻlgan. Shundan soʻng u Karlayldagi Kembrey sanʼat va dizayn kollejiga oʻqishga kirdi (hozirgi Kambriya universiteti tarkibiga kiradi), u yerda kino nazariyasi va tarixi boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlib, kelajakdagi oʻz filmlarini suratga olish rejasini tuzgan.
Shaxsiy hayoti
1999-yili Hunnam aktrisa Katharine Towne bilan uchrashdi. Ular uch haftalik munosabatlardan keyin Las-Vegasda turmush qurishdi va 2002-yilda ajrashishdi. Hunnam, shuningdek, model Sophie Dahl, aktrisa Stella Parker va kinoprodyuser Georgina Townsley bilan munosabatlarga ega edi.
2016-yilda aktyor jiu-jitsu bilan shugʻullana boshladi va 2018-yil oktyabr oyida koʻk kamarga ega boʻldi.
Filmografiyasi
| Yil | Film | Rol | Izohlar |
|---|---|---|---|
| 1999 | Whatever Happened to Harold Smith? | Daz | |
| 2002 | Abandon | Embry Larkin | |
| 2002 | Nicholas Nickleby | Nicholas Nickleby | |
| 2003 | Cold Mountain | Bosie | |
| 2005 | Green Street Hooligans | Pete Dunham | |
| 2006 | Children of Men | Patric | |
| 2011 | The Ledge | Gavin Nichols | |
| 2012 | 3,2,1... Frankie Go Boom | Frankie | |
| 2012 | Deadfall | Jay | |
| 2013 | Pacific Rim | Raleigh Becket | |
| 2015 | Crimson Peak | Alan McMichael | |
| 2016 | The Lost City of Z | Percy Fawcett | |
| 2017 | King Arthur: Legend of the Sword | Qirol Arthur | |
| 2018 | Papillon | Henri Charrière | |
| 2019 | A Million Little Pieces | Bob Frey Jr. | |
| 2019 | Triple Frontier | William 'Ironhead' Miller | |
| 2019 | True History of the Kelly Gang | Sergeant OʻNeill | |
| 2019 | Jungleland | Stanley Kaminski | |
| 2019 | The Gentlemen | Raymond Smith | |
| 2022 | Last Looks | Charlie Waldo | |
| 2023 | Rebel Moon | TBA |
- 10-aprelda tugʻilganlar
- 1980-yilda tugʻilganlar
- Angliyalik erkak aktyorlar
- Angliyalik erkak televideniye aktyorlari
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha aktyorlar