Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Hikmat Izzat oʻgʻli Mirzayev (ozarbayjoncha: Hikmət İzzət oğlu Mirzəyev) — Ozarbayjon harbiy ofitseri. Ozarbayjon Qurolli Kuchlari general-leytenanti va Maxsus

Hikmat Mirzayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Hikmat va familiyasi Mirzayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Hikmat Mirzayev
Hikmət Mirzəyev Zəfər paradında (cropped).jpg
Asl ismi ozarbayjoncha: Hikmət Mirzəyev
Taxallus(lar)i Shusha Fotihi
Tavalludi Bilasuvar tumani, Ozarbayjon
Fuqaroligi Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Unvoni general-leytenant
Harbiy  qism Ozarbayjon qurolli kuchlari
Qoʻmondonlik qilgan Ozarbayjon maxsus kuchlari

Hikmat Izzat oʻgʻli Mirzayev (ozarbayjoncha: Hikmət İzzət oğlu Mirzəyev) — Ozarbayjon harbiy ofitseri. Ozarbayjon Qurolli Kuchlari general-leytenanti va Maxsus kuchlar qoʻmondoni. U 2016-yildagi Togʻli Qorabog 'toʻqnashuvlarida, shuningdek 2020-yildagi Togʻli Qorabogʻ urushida qatnashgan. 2020-yilda u Shusha jangida ozarbayjon kuchlarini boshqargan. U Vatan urushi qahramoni unvonini oldi.

Hayoti

Hikmat Mirzayev Ozarbayjonning Bilasuvar tumanida tugʻilgan. 19-yanvar 2002-yilda Prezident Haydar Aliyev farmoni bilan Mirzayevga podpolkovnik unvoni berilgan. 29-aprel 2015-yilda Maxsus kuchlar qoʻmondoni general-mayor Mirzayev Ozarbayjon maxsus kuchlarining yangi tashkil etilgan harbiy qismlariga jangovar bayroqlarni topshirish marosimida ishtirok etdi. U 2016-yil aprelda Togʻli Qorabogʻda boʻlib oʻtgan toʻqnashuvlarda Ozarbayjon maxsus kuchlarini boshqargan.

4-oktabr 2020-yilda Prezident Ilhom Aliyev Mirzayevni, general-mayor Mais Barxudarovni va ular rahbarlik qilgan xodimlarni Jabrayil shahri va Jabrayil tumanining toʻqqizta qishloqlarini qaytarib olishlari bilan tabrikladi. 17-oktabrda Prezident Aliyev farmoni bilan Mirzayevga general-leytenant unvoni berildi. 8-noyabr kuni Aliyev uni Shushani qaytarib olish bilan tabrikladi. 10-dekabr kuni Mirzayev Mudofaa vazirligi Maxsus kuchlarining Boku gʻalaba paradida yurgan harbiy xizmatchilarini boshqargan.

Yuqori