
Hans Albrecht Bethe (1906) - nemis nazariyotchi fizigi. 1933-yilda Germaniyadan koʻchib ketgan, 1935-yildan AQShda. Ilmiy ishlari kvant mexanikasi, yadro fizikasi, qattiq jismlarning kvant nazariyasi, astrofizikaga oid. Yulduzlarda termoyadroviy reaksiyalarning mavjud boʻlish ehtimolligini aytgan. Birinchi atom bombasini yaratishda ishtirok etgan. Nobel mukofoti laureati (1967).
Turkumlar::
- Fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari
- Alifbo boʻyicha olimlar
- XX asr nemis fiziklari
- 1906-yilda tugʻilganlar
- 2005-yilda vafot etganlar
- 2-iyulda tugʻilganlar
- 6-martda vafot etganlar
- 20-asr amerikalik olimlari
- Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari
- Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari
- Olimlar haqidagi chala maqolalar